Franshizani rasmiylashtirishning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklar
Kamchiliklar
Korxonani tuzishda tavakkalchiliklar kamayadi
Tadbirkorlikqarorlariga huquq chek-langan
Biznesni boshlashning qiymati yaxshi ma'lum
Franshiza uchun foiz to'lash daro-madlarni kamaytiradi
Mahsulot yoki xizmatlar bozoriga tez chiqish
Boshqa yetkazib beruvchilardan yangi mahsulot taqdim etish imkoniyatining yo'qligi
Tekshirilgan marketing konsepsiyasi
Franchayzerga kuchli qaramlik
Franchayzer o'rgatadi
Agar franchayzerning biznesi bozorni yo'qotsa, sizning biznesingiz ham bozorni yo'qotadi
mustaqil chakana sotuvchilarga bu tovar yoki xizmatni, litsenziya egasiga tegishli kompensatsiya to'lanishi, ishlash standartlari esa bu korxonaning standartlariga mos bo'lishi evaziga, mahalliy tarqatishga alohida huquqni berish to'g'risidagi bitimdir.
Franshiza egasi ma'lum haq evaziga franchayzerning biznes g'oyasi asosida o'z biznesini tuzadi. Buning evaziga franchayzer o'qitishni, marketing konsepsiyasini, o'z brendini, shuningdek, mahsulot yoki xizmatlarning o'zini taqdim etadi. U tag'in fran-shizani bu hududdagi boshqa birovga bermaslikka kafolat beradi.
Bularning hammasi tomonlarni bog'lovchi franshiza haqidagi shartnomada tasdiqlanadi. Franchayzing tavakkalchilikni kamay-tiradi, chunki uning mahsuloti allaqachon bozorda yaxshi ma'lum. Boshqa tomondan esa u tadbirkorning qarorlar qabul qilish huquqini cheklaydi, shuningdek, franchayzerga tovar aylanma-sidan haq yoki foiz to'lash zarurati oqibatida daromadlarni kamaytiradi.