1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə56/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

1-qadam: potensial xaridorga murojaat etiladi, o'zi va kompaniyani tanishtiradi;
2-qadam: potensial xaridor yoniga nima uchun tashrif buyurganini tushuntiradi;
3-qadam: taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmatni tavsiflab
beradi;
4-qadam: bu mahsulot yoki xizmatning xaridor uchun qanday qilib foydali bo'lishini tushuntiradi;
5-qadam: sotish shartlari va muddatlarini kelishadi;
6-qadam: potensial xaridordan mahsulot sotib olish haqida aniq bir qarorga kelishini iltimos qiladi;
1-qadam: sotuvchi agar tovarga yangi xaridor paydo bo'lishi bilan ularni ushlab qolish strategiyasini o'ylashi kerak.
Bir tadqiqot natijalariga binoan, eski xaridorni ushlab qolish yangisini jalb qilishga qaraganda 10 baravar qimmatroq. Samarali muloqot singari sotish jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir.
Sotuvchi kerakli savollarni bera olish uchun oqil intervyuchi bo'lishi, xaridor talab va ehtiyojlarini aniqlash uchun faol tinglovchi bo'lishi zarur. O'z ishontirish usulini potensial xaridorlar xarakteriga va ularni xaridor sifatida yo'naltiruvchi sabablarga moslashtirishi kerak. Samarali muloqot qilish natijasida xaridorlar bilan ishonch va hamkorlikka asoslangan munosabat o'rnatishga erishiladi; bu, o'z navbatida, nafaqat joriy sotishlarga, balki kelajakdagi sotish hajm-lariga ham ijobiy ta'sir etadi.


28- Mavzu: Ta'minotchilarni tanlash

Har bir korxona o'z faoliyati davomida bir necha korxonalar bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Bu munosabat shartnoma orqali muvofiqlashtiriladi.


Mahsulot yetkazib berish shartnomasi korxonalar o'rtasida tuziladigan bitimdir. Bunda mahsulot yetkazib beradigan korxona xaridor korxonaga o'zaro kelishilgan assortimentdagi, miqdor va sifatdagi mahsulotni muddatda topshirish majburiyatini, xaridor esa uni qabul qilish va haqini to'lash majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
Shartnomada uni bajarishning barcha shart-sharoitlari: idish (tara)ga qo'yilgan talablar, narxlar, hisob-kitoblar tartibi, mah-sulotlarni o'rab-joylash va tashish usullari va boshqalar ko'rsatiladi.
Shartnomadagi majburiyatlarga amal qilinmasa, mahsulot yetkazib beruvchi korxona moddiy jihatdan javobgar bo'lib, iste'molchi ko'radigan zararni qoplaydi. Shartnoma bandlari buzil-gani uchun jarimalar to'lash, yetkazilgan zararni qoplash korxo-nani buyurtmachiga mahsulot yetkazib berish majburiyatidan xalos etmaydi. Mahsulot yetkazib berish intizomi korxonalarning o'zigagina bog'liq bo'lib qolmasdan, balki moddiy-texnikaviy ta'minot idoralari, transport, butun boshqarish bo'g'inlari ishiga ham ko'p jihatdan bog'liqdir. Shartnoma intizomiga rioya qilish iqtisodiyotning balanslashuvi, xalq xo'jaligining normal faoliyat ko'rsatish, korxonalarning bir maromda ishlashi, uning samara-dorligini oshirishning zarur shartidir va nihoyat xo'jalik mexaniz-mini takomillashtirishning eng muhim omilidir.
Yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy boyliklar va uskuna-larni xarid qilishda tadbirkorlar quyidagi maxsus amaliyotlarga rioya qilishlari kerak.
1-qadam
Korxonangizning ehtiyojlarini aniqlash kerak. Marketing tadqiqotlarini o'tkazish natijasida o'zingizning xaridorlaringiz kim bo'Hshini va ular qanday tovarlarni sotib olishni istashlarini bilish lozim. Kelgusi xaridorlarning istaklari quyidagilarni aniqlaydi:
• bu xaridorlarga sotishga tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonangizga qanday materiallar va uskunalar kerak;
• xaridorlarga qayta sotish uchun yetkazib beruvchilardan qanday tayyor buyumlar olinishi kerak;
• kamaytirilmaydigan ishlab chiqarish zaxirasini to'ldirish uchun tovar-moddiy boyliklarining turlaridan qancha sotib olish
zarur;
• talab qilinadigan xomashyo va materiallar uchun yetkazib beruvchilarga qaysi narxlarda to'lanadi;
• korxona yetkazib beruvchilardan xomashyo va materiallarni qaysi aniq vaqtda olishi kerak.
2-qadam
Potensial yetkazib beruvchilarni aniqlash. Qaysi yetkazib beruv-chilar kerakli bo'lgan tovarlar, materiallar va uskunalarni qanday yo'l bilan sotishini aniqlash lozim:
• siz bilan ishlovchi xodimlardan, biznesdagi o'rtoqlaringizdan va boshqalardan so'rash. Raqiblaringiz xaridlarni qayerdan qilishini bilishga urinish;
• kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar bilan aloqalar o'rnatish, masalan, mahalliy savdo palatasi bilan, ular vijdonli va ishonchli yetkazib beruvchilarni aniqlashda foydali bo'lishi mumkin;
• potensial yetkazib beruvchilarning nomlari va manzillari ko'r-satiladigan gazetalar, jurnallar, texnik jurnallar va telefon ma'lu-motnomalaridagi e'lonlarni ko'rish;
• potensial yetkazib beruvchilardan har biri qanday tovarlar, materiallar va uskunalarni savdoga qo'yishini, shuningdek, bu yetkazib beruvchilar taklif qilayotgan narxlarni, chegirmalarni, kreditga berish shartlarini va yetkazib berish shartlarini aniqlang;
•boshqa tadbirkorlardan bu potensial yetkazib beruvchilarning har biri qanchalik ishonchli ekanligini bilish. Masalan, aniqlang:
• Odatda, yetkazib beruvchi buyurtmani o'z vaqtida yetkazib beradimi?
• Yetkazib beruvchi qaytariladigan tovarlar va materiallarni qaytarib oladimi?
• Yetkazib beruvchi buyurtma berilgan tovarlar va materiallar soniga qay darajada mas'uliyat bilan yondashadi?
• Yetkazib beruvchi o'z biznesini vijdonan olib boradimi?
3-qadam
Yetkazib beruvchi bilan yoxud uning ofisiga shaxsan borib, yoxud yetkazib beruvchiga qo'ng'iroq qilib, yoxud unga xat jo'natib aloqaga kirishing. Har bir potensial yetkazib beruvchi quyidagi masalalar bo'yicha yozma javob berishi kerak:
• yetkazib beruvchilarning har bir yetkazib berishi mumkin bo'lgan tovarlar, materiallar va uskunalar assortimenti. Aniq savollar qatoriga quyidagilar kiradi:
• Yetkazib beruvchida sizga zarur miqdordagi va sifatdagi tovar bormi?
• Sotib olishning eng kam miqdori qancha?
• Yetkazib berishning narxlari va shartlari. Aniq savollar qatoriga quyidagilar kiradi:
• Siz naqd to'lashingiz zarurmi yoki tovar-moddiy boyliklarni kreditga olishingiz mumkinmi?
• Kreditning eng ko'p darajasini mo'ljallayapsiz?
• Siz qancha tez to'lashingiz zarur?
• Agar katta partiya tovar buyurtma bersangiz yoki to'lovni tez amalga oshirsangiz, chegirmaga umid qila olasizmi?
• Qanday chegirma olishingiz mumkin?
• Yetkazib berish muddatlari. Aniq savollar qatoriga quyidagilar kiradi:
• Yetkazib beruvchi tovarni bevosita sizning korxonangizga yetkazib bera oladimi?
• Buyurtma rasmiylashtirilganidan keyin qancha tez yetkazib beriladi?
• Tashish uchun to'laysizmi yoki bu yetkazib berish shartlariga kirganmi?
4-qadam
Eng yaxshi yetkazib beruvchilarni tanlang. Turli yetkazib beruv-chilardan olingan ofertlardan foydalanib, eng yaxshi takliflarni aniqlash maqsadida taklif qilinayotgan shartlarni taqqoslang.
Ofert — bu sizning yetkazib beruvchiga murojaatingizga javobdir. Ofertda yetkazib beruvchi sizga tovarlar, materiallar, uskunalar, narxlar, to'lov va yetkazib berish shartlari, shuningdek, sizning
buyurtmangizga taalluqli boshqa shartlar to'g'risida batafsil ma'lumot
beradi.
Tadbirkor yetkazib beruvchini tanlashda qaysi shartlar va ustu-
vorliklar eng muhimligini hal qilishi kerak. Bu tovarlarni kreditga yetkazib berish, yetkazib beruvchining ishonchligi, narx chegirmalari yoki boshqa mulohazalar bo'lishi mumkin. Korxonaning ehtiyoj-lariga eng yaxshi darajada javob beruvchi yetkazib beruvchilarga doir qaror qabul qilingandan keyin:
• yetkazib beruvchilar bilan yanada yaxshi sharoitlarda yetkazib berishni kelishishga harakat qiling;
• o'z korxonangizga eng yaxshi yetkazib beruvchilarni tanlang.
5-qodam
Tovarlar va materiallarga buyurtma bering, ammo buni, albatta, yozma ravishda qiling. Buyurtma beriladigan tovarning miqdori haqidagi masalani puxta o'ylang:
• Qanday eng oz tovarlar yoki materiallarga buyurtma berishingiz mumkin?
• Har bir ulgurji partiyada qancha miqdorda tovar yoki material bor?
• Bir ulgurji partiyadan kam buyurtma berishingiz mumkinmi?
6-qadam
Buyurtmani olgan zahoti, ko'zdan kechiring. Odatda, yetkazib beruvchi tovarlar yoki materiallar bilan birga, transport yukxatini yuboradi. Bu yukxatida yetkazib berilgan tovarlar haqidagi to'la ma'lumot aks etadi. Yetkazib beruvchi sizning buyurtmani olganligingizning tasdig'i sifatida yukxatini imzolashingizni talab qiladi.
Transport yukxati o'rniga ayrim yetkazib beruvchilar schot yuborishadi. Olingan buyurtmaning schotda ko'rsatilganligiga mos kelishini tekshiring. Agar tovarlar va materiallarni o'zingiz yetkazib beruvchidan olib ketayotgan bo'lsangiz, yetkazib beruvchining omborini tark etishdan oldin tovar (material)ning xili va sifatini tekshiring.
Transport yukxatidagi yoki schot-fakturadagi ma'lumotlarni o'z buyurtmangiz bilan qiyoslang.
Buyurtma berilgan barcha narsa vaqtida olinganligini tekshiring. Agar biron narsa o'xshamasa, bu haqida darhol yetkazib beruvchini xabardor qiling. Kamchiliklar tugatilmaguncha, transport yukxa­tini imzolamang va schot bo'yicha to'lamang.
7-qadam
Schotni tekshiring, chunki schotda nitna sotib olinganligining aniq ro'yxati bo'ladi va yetkazib berilgan boyliklarga haq to'lash tartibini belgilaydi.
Schot to'g'ri yozilganligiga ishonch hosil qiling. Agar siz kreditga xarid qilgan bo'lsangiz, schotdagi ma'lumotlarni transport yukxatidagi ma'lumotlar bilan taqqoslang. Ulardagi tovarlar va materiallar ro'yxatlari mos kelishi kerak. To'laydigan hamma narsani olganligingizga, ularda ko'rsatilgan narxlar vajami summa-larning to'g'riligiga ishonch hosil qiling. Agar schot noto'g'ri yozilgan bo'lsa, bu haqida darhol yetkazib beruvchini xabardor qiling va u bilan muammoni hal qilishning eng yaxshi usulini belgilang.
8-qadam
Yetkazib berilishni naqd yoki chek bilan to'lang. To'lov amalga oshirilganini isbotlaydigan kvitansiyani olishni unutmang.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin