1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə64/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

Buxgalterlik xizmatini ko'rsatuvchi mutaxassisni yollash. Buxgalteriya hisobi sohasida xizmat ko'rsatishga moslashgan ko'pgina korxonalar mavjud. Bu xizmatlar o'z ichiga yillik hisobotlar tuzib berishdan tortib, haftalik hisob yuritishgacha bo'lgan turlarni oladi.
Buxgalteriya. Va nihoyat, biznesingiz hajmi yetarli katta bo'lsa, o'z buxgalteriya bo'limini tuzishingiz mumkin, bu bo'limni yo bosh hisobchi, yo korxona moliyaviy ahvoli uchun to'la javob beradigan menejer boshqarishi mumkin. Buxgalteriyangiz hisobga oid barcha kitoblar to'plamini olib borishi mumkin. Bularjumlasiga debitorlik qarzi kitobi, kreditorlik qarzi kitobi va bosh kitob kabilar kiradi. Shuningdek, qo'shimcha ravishda mexanik yoki elektron vositalar ham ishlatilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o'rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo'llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerakbo'ladi.
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el inves-titsiyalarini jalb etish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotini jahon standartiga moslashtirishga harakat qiladi va shu yo'l bilan iqtisodiyotni rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega manbalar quyidagilardir:
• qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me'yoriy va qonuniy dalolatnomalar;
• Moliya vazirligini Davlat statistika qo'mitasi bilan birga hamda vazjrliklar va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jarnoat tashkilotlari ishtirokida qabul qilgan me'yoriy dalolatno-malari va ko'rsatmalari.
Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditor assotsiatsiyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari
misol bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy zamini «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunda belgilangan. Ushbu Qonunda buxgalteriya xodimlarini burch va huquqlari, buxgalteriya hisobi miqyosida korxona rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar hamda prinsiplari ko'rsatib o'tilgan.
Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. O'z navbatida, bosh buxgalter ma'muriy tomondan korxona rahbariga, hisob ishlarini yuritish bo'yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo'ysunadi.
Bosh buxgalterga quyidagi vazifalar belgilanadi:
• hisob ishlarini to'g'ri tashkil etish;
• korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish;
• korxona tovar-moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta'minlash;
• korxona tovar-moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o'rnatish;
• xo'jalik jarayonlarini o'z vaqtida va to'g'ri hujjatlashtirishni ta'minlash, hujjat aylanishini to'g'ri tashkil etish;
• hisob ma'lumotlari to'g'riligini, mulkchilik saqlanishini ta'minlash maqsadida investitsiyani belgilangan muddatda, o'rna-tilgan tartib asosida o'tkazilishi va natijalar o'z vaqtida, to'g'ri rasmiylashtirilishini ta'minlash;
• smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish.
Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodimlari uning ko'rsatmalarini bajarishidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hamma bo'limlarida qayta ishlangan hujjatlar o'rnatilgan muddatda bosh buxgalterga topshirilishi shart.
Hujjat yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini rahbar bilan birga, bosh buxgalter ham imzosi bilan
tasdiqlaydi.
Ma'muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo'jalik jarayonlarini ro'yxatga oluvchi sifatida faoliyat yuritgan bo'lsa, raqobatga
asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma'lum bir miqyosida menejment hamda marketing sohasidagi bilimlarga ega bo'lish ham kiradi.
Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy intizomga zid hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish taqiqlanadi. Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh buxgalter, korxona rahbariga yozma ravishda xabar bermog'i kerak. Korxona rahbaridan yozma ravishdagi buyruqni yoki yuqoridagi kabi hujjatlarda korxona rahbarining ikkinchi imzosi qo'yilganidan so'ng, bosh buxgalter uni bajarishga kirishadi. Bunday holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to'liq javobgar hisoblanadi. Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshq.) tayinlash, almashtirish va bo'shatish bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi. Bosh buxgalter bo'shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh buxgalter belgilanmagan bo'lsa, korxona rahbari buyrug'i bilan tayinlangan xodimga) barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda buxgalteriya hisobi holati tekshiriladi, shuningdek, hisobot ma'lumotlari haqiqiyligi aks ettirilgan va korxona rahbari tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini hozirgi zamon talabiga to'liq javob berishini ta'minlashni yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo'limi xodimlarini ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyini oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligini oshishiga, ikkinchidan, xodim-larni sog'lig'ini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kama-yishiga yordam beradi.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritadilar (davlat ahamiyatidagi korxonalar bundan mustasno). Endi korxonalar o'z faoliyatlari davomida xarajatlar va daromad-larni mustaqil belgilab, shunga asosan ish yuritadilar, xo'jalik munosabatlarida ham tegishli korxonalarni mustaqil belgilaydilar. Demak, xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z-o'zlarini moliyalashlari zarur.
Korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat), sotiladigan tovarlarga bo'lgan talabni har tomonlama o'rganishlari kerak.
Bozor talabi o'rganilayotganda, baho, miqdor, hududiy va boshqa xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bozor talab etayotgan xususiyatlarga ega mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish, korxona boshqaruvi vazifasiga kirib, ushbu vazifa bajarilishi tabiiyki, axborotlarga, ma'lumotlarga tayanadi. Xo'jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobida esa xo'jalik faoliyati bilan bog'liq barcha ma'lumotlar rasmiylashtirilgan bo'ladi.
Buxgalteriya hisobi ham, o'z navbatida, boshqaruv apparati uchun kerakli ma'lumotlarni uzatishi uchun zaruriy axborotlar bilan ta'minlangan bo'lishi zarur. Masalan, soliq tizimi sohasidagi, xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyati bilan bog'liq yuqori tash-kilotlar ko'rsatma, yo'riqnoma, nizomlar, shuningdek, respublika hukumati tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar bilan o'z vaqtida ta'minlanganlik darajasi buxgalteriya hisobi ma'lumot­larini ishonchlilik, muhimlik, ahamiyatlilik tamoyillarga mosligiga asos bo'ladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin