yil uchun oylik sarflar prognozi
Biznesning xususiyatiga bog'liq ravishda sarflarning har bir toifasi kichik toifalarga bo'linishi mumkin, masalan, ishlab chiqa-ruvchi ishchilar, ma'muriy xodimlar, sotish bo'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash kabi va hokazo.
Hozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning asosiy qismini xomashyo materiallari sarfi egallaydi. 100 dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan hamma sarf-xarajatlarni AQSHda 60 %, Yaponiyada 57 %, Germaniya, Angliyada 54 %, Fransiyada 52 %, Italiyada 49 %, Rossiyada 50 % dan ortig'ini xomashyo tashkil etsa, qolganini mehnat, elektr energiya va yoqilg'i, amortizatsiya tashkil etgan. Respublikamizda ham xarajatlar tarkibi shu ko'rsatkichlardan unchalik katta farq qilmaydi. Lekin bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf-langan xomashyo, mehnat va boshqalar sarfi rivojlangan mamlakat-larga qaraganda bir necha marta ko'p. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni, eng avvalo, xomashyo xarajatlarini pasaytirish zarur.
Xarajatlar korxonaga bog'liq bo'lmagan omillarga qarab ham o'zgaradi. Masalan, resurslar narxi, xizmatlar haqining o'zgarishi. Tashqi ta'sirni kesish uchun ham korxona, firmaga bog'liq omillar harakatga kelishi kerak. Bu omillarga, birinchi navbatda, isrofgar-chilikni kamaytirish, resurslardan tejab-tergab foydalanish kiradi. Har bir tadbirkor, menejer o'z bilimidan hamda boshqalar
tajribasidan foydalanib, Lining yo'llarini izlaydi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan xomashyo, materiallar va boshqa sarflarni matematik uslublardan foydalanib, minimal darajaga keltirish imkoniyatlari katta.
Jahon bozoriga chiqish uchun sifatli mahsulot ishlab chiqa-rishning o'zi kamlik qiladi. Avvalo, unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak.
31-32 Mavzu: Moliyaviy boshqarish va moliyaviy hisobotlar
Buxgalteriya hisobi juda qadimda jiddiy zarurat tufayli yuzaga kelgan, chunki barcha davrlarda ham xo'jalikni o'lchov va sanoqsiz, daromadlarni xarajatlar bilan taqqoslamasdan yuritib bo'lmagan. Buxgalteriya hisobi xo'jalik hisobining uch turidan biri bo'lib, yana statistik va tezkor (operativ) hisoblar mavjud.
Statistik hisob nafaqat xo'jalik hayotining, balki jamiyat ijtimoiy hayotining ham bir turdagi ommaviy hodisalarini o'rganishga da'vat etadi. Tezkor hisob korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Tezkor hisob joyning o'zida va biron-bir xo'jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi.
Ixtiyoriy biznes samarali buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo'lish ehtiyojiga ega. Barcha tijorat kelishuvlari qog'ozda o'z ifodasini topishi kerak. Ko'pgina kichik korxonalar noto'g'ri buxgalteriya hisobi natijasida omadsizlikka uchragan. Korxona sifatli mahsulot ishlab chiqarishi, katta hajmda ayirboshlashni amalga oshirishi va yuqori sof foydaga ega bo'lishi mumkin, ammo tegishli buxgalteriya hisobining yo'qligi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Aksariyat kichik korxona egalari buxgalteriya hisobi kichik biznesga uncha muhim emas, deb hisoblashadi. Kichik biznes egasi har kuni turli muammolar va qaror qabul qilish zaruratiga duch keladi. Biznesning barcha tomonlaridan xabardor boshqaruvchilar to'g'ri qarorlarni qabul qiladi. Tegishli tartibda yo'lga qo'yilgan buxgalteriya hisobi boshqaruv vazifalarini hal etish uchun va biznes sohasida to'g'ri qarorlarni qabul qilish uchun kerakli moliyaviy ma'lu-motlarni taqdim etishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xo'jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Demak, qat'iyan hujjatliligi, yalpi uzluksiz ekanligi, aniq qiymat bahosiga tayanishi buxgalteriya hisobining farqlovchi xususiyatlari hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo'jalik operatsiyasiga tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, mas'ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak. Buxgalteriya hisobi uzluksizdir, chunki u kunma-kun yuritiladi va barcha xo'jalik hodisalari va jarayonlarini yalpi tarzda qayd etadi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar qaysi mulkchilik shakliga asoslan-ganidan qat'i nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun, ko'rsatma, nizomlarga va qo'llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur.
Turli xil odamlar korxonangiz moliyaviy ahvoli to'g'risida ma'lumot olish istagida bo'ladi. Bank xodimlari uchun bunday ma'lumot qarz olish uchun ariza berilganda kerak bo'ladi; soliq inspektori ham bunday ma'lumotga ega bo'lishi lozim; qarindosh-laringiz, tanishlaringiz va boshqa barcha sizga qarzga mablag' bergan shaxslar bunday ma'lumotga ega bo'lishlari kerak. Mol yetkazib beruvchilar ham korxonangiz moliyaviy holatini bilishni istaydi, sababi, ular o'z mahsulotlarini sizga oldindan to'lovsiz yetkazib beradi, bu esa kredit taqdim etish bilan barobar.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma'lumotlari nafaqat ichki, balki yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e'tiborga olinishi kerak.
Buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish mumkin:
• ichki foydalanuvchilar;
• tashqi foydalanuvchilar.
Moliyaviy hisob ma'lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi.
Moliyaviy hisob ma'lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham, o'z navbatida, ikki guruhga ajratish mumkin:
A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar;
B) bilvosita manfaatdorlar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
• aksiyadorlar;
• kreditorlar;
• mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar;
• soliq nazorati inspeksiyasi;
• mehnat birjalari va boshqalar.
Moliyaviy hisobot ma'Iumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdorlarga quyidagilar kiradi:
• auditorlik firmalari;
• moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;
• qimmatli qog'oz birjalari;
• qonunchilik organlari;
• huquqshunoslar (xo'jalik sudi vakillari);
• matbuot va axborot agentliklari;
• savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari;
• ijtimoiy sug'urta organlari;
• kasaba uyushmalari.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlari yuqori tashkilotlar va statistika qo'mitalari tomonidan yig'ilib, jamlanib, tarmoqlararo, hududlararo va umuman, butun xalq xo'jalik miqyo-sidagi ma'lumotlar olinadi, tahlil qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularni hayotga tadbiq etilishi ta'minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |