1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


- Mavzu: Kichik korxonalarda qo'llaniladigan texnologiyalar



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə57/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

29- Mavzu: Kichik korxonalarda qo'llaniladigan texnologiyalar

Korxonada yangi texnologiyalarning joriy etilishi mehnat unumdorligini oshirib, yangi mahsulot turini ishlab chiqarish imkonini beradi. Kichik korxonada oddiy texnologik yangiliklarning joriy etilishi ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga, ko'rinishini yaxshilashga, ishlab chiqarish xarajatlarini kamayti-rishga imkon beradi.


Tadbirkorlar yangi texnologiyalar bilan savdo yarmarkalariga tashrif buyurish, kichik biznesni qo'llash agentliklari bilan aloqalar o'rnatish orqali tanishishlari mumkin.
Yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi iste'molchikar talablari o'zgarishi bilan bir vaqtda ro'y beradi. Korxona yangi texnolo-giyalarni yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish uchun ishlatadi.
Tadbirkorlar yangi texnologiyalardan foydalanish korxona faoliyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olishlari kerak. Tadbirkorlar yangi texnologiyaning potensial ta'siri va ma'nosi haqida ma'lumotga ega bo'lmasliklari mumkin, ammo ular ana shu yangiliklardan ularning biznesiga ijobiy ta'sir ko'rsata oladiganini aniqlab olishlari zarur.
Odatda, kichik korxonalar egiluvchan bo'ladi va yangiliklarni o'zida osonroq joriy etadi, yangi mahsulot turlarini tezroq yaratadi. Ikkinchi tomondan, kichik korxonalar yangi tovarlar yaratib, ularni bozorga chiqarish uchun yetarli malaka, vaqt va mablag'ga ega bo'lmasliklari mumkin. Kichik korxonalar yangi mahsulotga real talabni aniqlashlari, qancha vaqt talab etilishini va bozorda vangi mahsulot paydo bo'lishining moliyaviy jihatlarini o'rganib zarur.
Rejalashtirish va prognoz orqali ishlab chiqarishning joriy hajmi va yangi tovar ishlab chiqishga ta'sir eta oladigan texnologik o'zgarishlarni bashorat qilish mumkin. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, ko'pchilik kichik korxonalarda bo'lmagan anchagina mablag'larni uzoq muddatga shu maqsadga jalb etishni taqozo etadi. Yangi texnologiyalar biznesga juda sezilarli ta'sir eta olishiga qaramay, tadbirkorlar kunlik muammolarning ko'pligi tufayli uzoq muddatli rejalashtirishga vaqt ajrata olishmaydi.
Kichik korxonalar faqatgina yuqori raqobatbardoshlikka erisha oladigan vaqt va joydagina yangi mahsulot ishlab chiqarib, uni bozorga chiqarishi lozim. Kapital mablag'larning yo'qligi sababli, tadbirkorlar bozorda ro'y berayotgan o'zgarishlarga javob qayta-rishga'shay turishlari va mijozlarining kelajakdagi talablarini aniqlay olishlari kerak.
Mos keluvchi lexnologiyalarning tavsifi
Yangi texnologiyaning kichik korxonaga zarurligi quyidagi belgilar orqali aniqlanadi:
1 . Soddalik — kichik korxona uchun texnologiya u faqatgina sodda bo'lsagina kerak bo'lishi mumkin. Sunday texnologiyadan foydalanuvchi undan jiddiy muammolarsiz foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.
2. Texnologik samaradortik — texnologiyaning texnologik samaradorligi uning foydalanuvchi talablariga qanchalik javob berishi bilan belgilanadi.
3. Ochiqlik — ayrim texnologik jarayonlar ma'lum maqsadlarga erishish uchun mos kelishi mumkin, ammo hozirgi aniq joyga mos kelmaydi. Axborot texnologiyalari, masalan, qator vazifalarni bajarish uchun eng mos kelishi mumkin, ammo u mazkur aniq joyda uncha mos kelmasligi mumkin.
4. Moslashuvchanlik — vaqt o'tishi bilan texnologiyalarga qo'yiladigan talablar ham o'zgaradi. Kelajakda uni vaqt qo'ygan talablarga moslashtira olish uchun berilgan texnologiya yetarli darajada egiluvchan bo'lishi kerak.
5. hhonchlilik — ishonchli texnologiya kamroq xizmat ko'rsatish va ta'mirga muhtoj.
6. Resurs samaradorligi — texnologiya mahalliy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini berishi zarur.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin