1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik


-27 Mavzu: Vaqtni va mahsulot sotishni boshqarish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə53/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

26-27 Mavzu: Vaqtni va mahsulot sotishni boshqarish

Vaqt zaxiraga olib qo'yilishi mumkin bo'lgan narsa emas. Soat millari vaqtni hisoblagani sari vaqt ko'proq yo'qotilib boradi. Kun oxirida qo'shimcha ishlatilishi mumkin bo'lgan vaqt qolmaydi. Barcha tadbirkorlar vaqtdan samarali foydalanishlari darker, vaqtdan samarali foydalanish kaliti esa vaqtni boshqara olishdan iboratdir. O'z vaqtini rejalashtirish orqali tadbirkorlar yaxshiroq natijalarga erishadilar. Vaqtdan foydalanish samaradorligini oshirish yo'llari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: maqsadlarni belgilash, muddatlarni belgilash, har bir muhim sohaga maqsadli vaqt ajratish.


Ijodiy yondashuv, muammolarni hal eta olish, yangi imko-niyatlarni izlab topish — tadbirkorlarning o'ziga xos xususiyatlaridir. Shuning uchun ular bunday ishlarga alohida vaqt ajratishlari lozim. Tadbirkorlar muhim, deb hisoblagan vazifalarga ajratiladigan vaqt iloji boricha samarali ishlatilishi kerak. Inson vaqtni «zaxiraga olish yoki olmaslik, uni tejash yoki tejamaslik»ni tanlay olmaydi. Vaqt tadbirkorning eng qimmatli aktivlaridan biridir.Tadbirkorlar turli yo'llar bilan vaqtlarini bekor o'tkazishlari mumkin, jumladan:
• ish bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy masalalar haqida gap sotish;
• keraksiz yoki juda uzun majlislar o'tkazish;
• ishda haddan tashqari ko'p tanaffuslarga yo'l qo'yish;
• nouyushqoqlikka yo'l qo'yish;
• kam vazifalarni boshqalarga berish yoki umuman, vazifalarni taqsimlamaslik;
• jur'atsizlik, shuningdek, uchrashuvlarga doimiy kechiqish yoki ularga bormaslik.
Bunday holatlar vaqtni o'ta samarasiz sarflanishiga olib keladi va tadbirkordan o'z vaqtini qat'iy nazorat qilish talab qilinadi. Har bir aqlli tadbirkor o'z vaqtini boshqarish qobiliyatiga ega bo'lishi shart. Agar siz tadbirkor sifatida faoliyat yuritadigan bo'lsangiz, tadbirkorligingiz davomida vaqtni quyidagi usullar bilan samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.
Vaqtni boshqarish usullari. Vaqtni boshqarish ishni yaxshi tashkil etish tajribasiga egalik qilishga o'xshaydi. Vaqtdan samarali foydalana olish berilgan vaqt oralig'ida eng yuqori natijalarga erishish deganidir. Bunga bir necha yo'l orqali erishish mumkin:
kunlik maqsadlarni belgilash;
• manfaatdor bo'lish;
• muddatlarni belgilash;
• telefondan foydalanish;
• doimo eslatmalar qilish.
• kerakli ish bilan shug'ullanish;
qulay vaqtdan foydalanish;
• o'z-o'zingizga savollar berish;
• aniq amallarga asoslanish;
• o'z qadamlaringizni o'ylash;
• ish kunlaringizning xohlagan biri uchun rejalashtirilgan ishlarni bajarishga tayyor turish;
• vaqtdan qanday foydalanayotganingizni doimo tahlil etib borish.
Quyida ularni batafsil ko'rib o'tamiz:
Ma 'lum kun uchun aniq vazifalarni belgilash. Siz ma'lum kunda qanday vazifalarni bajarishni istashingizni bilishingiz zarur. Ishdail oldin yoki ishga kelib bajarish kerak bo'lgan vazifalar ro'yxatini muhimligining darajasi pasayib borishi tartibida yozib chiqing. Boshqa barcha ishlarni qo'yib, eng muhim vazifani bajarishga kirishing. Tashqi omillarning ishingizni bajarishga xalaqit qilishiga yo'l qo'ymang. Asosiy maqsadlarga erishish anchagina kuch talab etadi; maqsadga erishilgunga qadar mustaqil ishlashga harakat qiling. Ishingiz to'xtab qolishi yoki birov sizga xalaqit berishiga yo'l qo'ymang. Ishxonangiz ish tartibi shunday tashkil etilgan bo'Iishi kerakki, siz yo'qligingizda ham ish o'z maromida davom eta olsin. Agar ishxonadagi ishlar diqqatni jamlashga xalaqit bersa, ish tartibini o'zgartirishga harakat qilish kerak.
O'zini manfaatdor qilish. Tadbirkorlar, odatda, o'zlari yuqori manfaatdorlikka ega bo'lib, ular qanday ish bajarishlaridan qat'i nazar, undan rohatlanishadi. Ko'pchilik odamlar ular xohlayotgan maqsadga yaqin turgan niyatga osonlikcha erishadilar. Ammo tadbirkorlar o'zlarini o'zlari ham manfaatdor qila olishadi.
Muddatlarni belgilash. Agar aniq vazifalarni bajarishning aniq muddatlari belgilansa, ko'proq ish bajarish imkoniyati tug'iladi.
Amrnobu muddatlar real ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Muddatlar belgilangach, ularga amal qilinishini ta'minlashga harakat qilishingiz zarur.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin