1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə63/65
tarix05.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72400
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik

Ish haqi vedomosti. Biznes egasi o'ziga va xodimlariga maosh sifatida to'lanayotgan mablag'lar to'g'risida bilishi kerak. Burring o'zi aniq va tartibli hisob olib borish uchun kichik hisob tizimini tashkil etilishini taqozo etadi.
Kassadagi naqd pul vedomosti. Korxona rahbari qaysi hisoblar bo'yicha to'lovlarni amalga oshira olishini bilishi uchun istalgan vaqtda kassada qancha pul borligini bilishi zarur. Pul mablag'lari korxonaga har kun keladi va ketadi, lekin ularni yozma ravishda qayd etishsiz biznes egalari qancha to'lovni amalga oshirish mum-kinligini bilolmaydilar.
Debftorlik qarzi. Ma'lum vaziyatlarda korxona egasi o'zining ba'zi iste'molchilariga kredit taqdim etadi. Bunday holatda korxonaga to'lanishi kerak bo'lgan pul debitorlik qarzi, deb ataladi. Bu hisobning muhim tarkibiy qismidir. Bu siz yetkazib berilgan mahsulotlar uchun qachon va qanchaga hisob taqdim etishni qayerdan bilib bo'ladi? Kreditning amal qilishini qachon tugatish kerak? Muddati o'tgan hisoblar bo'yicha to'lovlarni talab qilish uchun jiddiyroq qadam-larni qachon tashlash kerak? Kredit foizli bo'lsa, foizlarni qachon-dan boshlab hisoblash kerak?
Kreditorlik qarzi. Biznes egasi boshqalarga (masalan, mol yetkazib beruvchilarga) to'lashi kerak bo'lgan pul — kreditorlik narzi, deb ataladi. To'lov uchun taqdim etilgan hisoblar o'z vaqtida to'lanishi lozim. Bunga ikki sabab bor: 1) ba'zida «o'z vaqtida to'lovchi» nomiga ega bo'lganingiz uchun sizga ma'lum imtiyozlar taqdim etilishi mumkin, shuningdek, 2) siz biznes qilayotgan shaxslar bilan yaxshi munosabatda bo'lishingiz kerak. Bunday vaziyatda tegishli hisob tizimisiz qator xatolarga yo'l qo'yilishi
mumkin.
Moddiy-texnik boyliklar hisobi. Hatto kichik ulgurji savdo biznesida ham biznes egasi moddiy-texnik boyliklar hisobini yuritishi lozim. Qanday tovarlar sotilmoqda? Qaysilari sotilmasdan turibdi? Mahsulotlar zaxirasi yetarlimi? Shunga o'xshash ayrim ma'lumotlar tadbirkorning esida bo'lishi mumkin, ammo kerakli daromadni ta'minlash uchun bu yetarli emas, albatta.
Hukumal talablari. Biznes egasi soliqqa tortish maqsadlarida ham moliyaviy ma'lumotlarni tayyorlashi kerak. Soliqlar daromad-dan kelib chiqib hisoblanadi. Hattoki, kichik chakana savdo sohasida ham hisobotlar tayyorlab, ularni ma'lum to'plamlarga tikib qo'yish-gato'g'ri keladi.
Moliyaviy hisobotlar. Har bir odam yillik dispanserizatsiyadan o'tgani kabi, biznes egasi kamida yilda bir marta detallashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishi lozim. Korxona umumiy sotish hajmi qancha? Uning xarajatlari qancha? Soliqqa tortilgunga qadar va undan so'ng daromad qanchani tashkil etdi? Biznes egasi keying! yilda ishlarni yaxshilash uchun nimalar qilishi mumkin? Qarzga rrrablag' olinadigan bo'lsa, bunday hisobot bank xodimlariga, korxonani sotish kerak bo'lsa, potensial xaridorlarga taqdim etilishi lozim.
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Agar korxona uncha katta bo'lmasa va siz ma'lum tajribaga ega bo'lsangiz, buxgalteriya hisobini o'zingiz yurita olasiz. Ammo yodingizda tuting: bu ishni bajarsangiz, korxonada faqatgina siz bajara oladigan ishlarni chetga surib qo'yishga majbur bo'lasiz. lloji boricha,tezroq buxgalteriya hisobini yuritish vazifasini boshqaning zimmasiga yuklashni rejalashtiring. Shu vaqtning o'zida bu tizimning amal qilishini tushuna olishingiz kerak, bu sizga agar buxgalteringiz korxonangizdan ketsa yoki kasallik tufayli vaqtinchalik ishga chiqmasa asqotadi.
Yordamchi tayinlash. Boshqalarni ishga yollasangiz, unga beriladigan vazifalardan bittasi butun (yoki qisman) buxgalteriya hisobini yuritish bo'lishi mumkin. Barcha xodimlaringiz hisobning ma'lum turlarini olib boradi, ular xarid etganlik uchun chek yozib
berishadi, kassa apparati bilan ishlaydilar; ko'pchilik hollarda ularga topshirilgan buxgalteriya hisobini yuritish aniq amalga oshiriladi. Sizning majburiyatingiz ishchilaringizni o'rgatish va yo'1-yo'riq ko'rsatish va qo'llanilayotgan hisob usullarini tekshirib turishdan i bo rat.
Buxgalterni to 'la bandlik asosida ishga qabul qilish. Korxonangiz yetarlicha katta hajmga ega bo'lsa, siz bu soha mutaxassisini ishga taklif etishingiz mumkin. Bunday mutaxassis, odatda, buxgalteriya hisobi to'g'risida sizdan ko'proq ma'lumotga ega bo'ladi. Ba'zi tadbirkorlar bu sohada vakolatlarni to'laligicha birovga berishdan cho'chiydilar. Sababi, ular buxgalteriya hisobini doimiy nazorat ostida ushlash kerakligini bilishadi, ba'zan bunday munosabat qator qiyinchiliklarni tug'diradi va hattoki, buxgalterlarning ishiga ham xalaqit beradi. O'zingizning xohish-istaklaringiz va talab-laringizni belgilab qo'ying hamda buxgalterning mustaqil ishlashiga to'sqinlik qilmang!

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin