Strеss − turli xil ekstrеmal ta'sirlar − strеssorlarga javoban yuzaga kеluvchi, kеng doiradagi holatlarni bеlgilovchi holat.
Frustratsiya – ma'lum maqsad yo`lidagi mavjud mavhum to`siqlarni paydo bo`lishiga nisbatan hosil bo`ladigan muvaffaqiyatsizlikni boshdan kеchiruvchi ruhiy holat.
Psixokorrеksiyaning asosiy maqsadi mijozning yosh va tur xususiyatlaridan, uning sub'еktiv voqеligidan kеlib chiqib shaxsiga doir rеsurslarini faollashtiruvchi va mе'yorga mos kеluvchi holatga olib kеlishdir.
Psixik taraqqiyot darajasini tahlil qilish Psixokorrеksion faoliyatni olib borishdagi asosiy vazifa amaliy psixologning tizimli ish bosqichlarini amalga oshririshga yordam bеruvchi psixik taraqqiyot mе'yorlarini o`rganishdan iborat.
Psixik taraqqiyotning quyidagi bosqichlari ajratib ko`rsatiladi: Nеyropsixologik daraja. Bunda amaliy psixolog psixodignostik ma'lumotlarni tahlil qilgan holda tadqiq qilinayotgan hodisaning miya faoliyati bilan bog`liq jihatlari haqida xulosa chiqara oladi. Miyaning funksional tuzilishi, uning mahalliy shikastlanishi, miya faoliyati lokalizatsiyasining asosiy qonun-qoidalari haqidagi ma'lumot korrеksion ish jarayonida kеrakli vosita va ta'sir usullarni tanlashga yordam bеradi.
Umumpsixologik daraja. − Inson ichki olami xususiyatlarining asosiy qonuniyatlari va mеxanizmlari haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi.
Yosh psixologik daraja. − Amaliy psixolog tomonidan umumpsixologik ma'lumotlarni kontkrеtlashtirish va individuallashtirishga xizmat qiladi.
Psixologik maslahat ishlarini tashkil qilish zaruriyati quyidagi sharoitlarda yuzaga keladi. Birinchidan, u yoki bu tashkilotda ishlovchi ko'pchilik odamlarda psixologik xususiyatdagi turli muammolar bo'ladi. Bu muammolarni ular mustaqil hal eta olmaydilar. Gap, o'zini bemor deb hisoblamaydigan va shifokorga yordam so'rab murojaat qilishni xohlamaydigan lekin psixolog maslahatiga quloq tutadigan va uning tavsiyalariga amal qiladigan odamlar haqida bormoqda.
Jamiyatda yashovchi ko'pchilik odamlarda hayot sharoitlari ancha va uzoq vaqtga yomonlashganda, raqobatchilik keskin ko'payganda va hayot keskinligi o'sganda odatda bunday muammolar ommaviy paydo bo'ladi. Bularning barchasi erkinlik cheklangan va jamiyatni yuqoridan boshqarish bilan totalitar jamiyatdan bozor iqtisodiyotiga va siyosiy erkinlikka asoslangan jamiyatga o'tishda mavjud bo'ladi.
Ikkinchidan, alohida psixologik maslahatni yaratish ehtiyoji u yoki bu ijtimoiy birlikda (jamiyat, tashkilot) o'zining psixologik maslahati mavjud bo'lib, uning ishi samarasini oshirish zarur bo'lgan sharoitlar yuzaga keladi. Bunga odatda mutaxassislar faoliyatining yagona tashkilot doirasida tashkil etish va vazifalarini taqsimlash hisobiga erishiladi.
Vazifalarni taqsimlash o'z navbatida ishida chuqur ixtisoslashishni ko'zda tutadi, buning hisobiga yuksak kasb mahorati va ish sifatini oshirishga erishiladi.
Amaliy psixologiyada bu psixolog-mutaxassislar orasida kamida uch faoliyat sohasi: psixodiagnostika, psixokorreksiya va psixologik maslahat bo'yicha kasbiy vazifalarining taqsimlanishini ko'zda tutadi.
Ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirish ko'rsatib o'tilgan alohida faoliyat sohalari har biri ichida yanada tor vazifalarning ajralishini ko'zda tutadi. Shu mazmunda intim-shaxsiy, oilaviy, psixologik-pedagogik va amaliy maslahat sohalarida alohida amaliy psixologlar doirasida ixtisoslashish juda to'g'ri bo'ladi.
Psixologik maslahat ishlarini tashkil etish masalalariga uni doimiy o'tkazadigan xonani tanlash ham kiradi. Agarda psixologik maslahat boshqa xonalardan alohida, boshqa ishlar bilan shug'ullanadigan odamlardan uzoqda bo'lsa yaxshi va qulay bo'ladi. Biroq hozirgi sharoitlarda bunga erishish deyarli mumkin emas.
Shunda boshqacha tamoyillarga amal qilish kerak bo'ladi. Birinchi navbatda psixologik maslahat o'tkazish mumkin bo'lmagan joyda uni tashkil etishga iloji boricha yo'l qo'ymaslik. Masalan, psixologik maslahat ishlarini bir sharoitda olib borish va psixolog-maslahatchining mijoz bilan tinch ishlashiga halal beruvchi sharoitlar mavjud korxonalar yaqinida yoki ichida psixologik maslahatni o'tkazish mumkin emas. Psixologik maslahatlarni savdo korxonalari yaqinida va ichida, transport yo'llari yaqinida umuman, shovqin borjoylarda o'tkazish umuman mumkin emas. Psixologik maslahatlar uchun kasalxonalar va klinikalar yaqinida, ularning binolarida esa umuman joylashtirib bo'lmaydi, bunday qo'shni bo'lish mijozning xayolida u kasal odam degan fikr paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Psixologik maslahatni militsiya bo'limlari, qonunbuzarlarni hibsda ushlash joylari, harbiy va boshqa shunga o'xshash idoralar yaqinida o'tkazish mumkin emas. Shahardan uzoqda psixologik maslahatxonasini joylashtirish mumkin emas, chunki bu mijozlar uchun qo'shimcha qiyinchiliklar tug'diradi, psixologik maslahat uchun tinch, yaqin joyni, masalan turar joy binosi yoki ta'lim, madaniyat muassasasi binosida xona topilsa juda yaxshi bo'ladi.
Psixologik maslahat ishini tashkil qilishni yana bir umumiy masalasi - bu kadrlami to'plash masalasidir. Psixologik maslahat ixtisosligi bo'yicha amaliy psixologiya sohasida oliy psixologik ta'limga ega odamlar psixolog-maslahatchi sifatida ishlasalar juda o'rinli bo'ladi, biroq hozirgi kunda umumiy psixologik ta'lim har doim ham bunday ixtisoslikni ta'minlay olmaydi va psixolog-maslahatchi mustaqil ish boshlar ekan, bu sohada amaliyot davomida o'rganishiga to'g'ri keladi.
Psixologik maslahatda ishlovchi yordamchi xodimlar ham psixologik maslahat to'g'risida va psixolog-maslahatchi ishi to'g'risida umumiy bo'lsa ham tasawurga ega bo'lsalar yaxshi bo'ladi.
Psixologik maslahat ish tartibi. Mijozning vaqti, qiziqishlari va ehtiyojlariga mos keladigan psixologik maslahat ish tartibi mijozlar uchun qulay hisoblanadi. Mijozlar esa ko'pincha ularning ishlari boshlanishidan oldin yoki ish yakunlanishi bilan hamda ular yashaydigan va ishlaydigan joyda psixologik maslahat olishni hohlaydilar, ko'pchilik odamlar soat 9-10 dan to 17 - 18 gacha ishlashlari sababli soat 8 — 9 dan 18 — 20 gacha vaqt oralig'ida bo'lgan ish tartibi psixologik maslahat o'tkazish uchun eng qulay hisoblanadi. Shu bilan birga ertalab to'la psixologik maslahatni o'tkazish uchun nisbatan kam vaqt bo'ladi, shuning uchun ertalablari bir - ikki soat yetarli bo'lgan maslahatning kichik bir tsiklini rejalashtirish kerak.
Psixologik maslahat har kuni ertalab va kechqurun yoki bo'lmasa bir kun ertalab, bir kun esa kechqurun almashib ishlasa yaxshi bo'ladi, bunda dam olish kunlaridan bin ham kiritilsa foydali bo'ladi, chunki ko'pchilik mijozlar shanba kunlari o'zlarining asosiy ishlaridan ozod bo'ladilar.
Psixologik maslahat kun tartibidan mijozlar uchun o'tkaziladiganini, xodimlar uchun mo'ljallangan ishlardan farqlash (birinchisini shartli ravishda tashqi, keyingisini ichki deb ataymiz) lozim. Psixologik maslahatning muvafTaqiyati mutaxassisning shaxsiy imkoniyatlari hamda mehnat sharoitiga, shuningdek yordamchi shaxslarga bog'Iiq. Psixolog-maslahatchi maslahat o'tkazish, ya'ni mijoz bilan to'g'ridan to'g'ri ishlashidan tashqari, faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug'ullanadi. Bu ishlar uning psixologik - maslahat muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu ishlar, xususan, psixodiagnostika, uning natijalarini qayta ishlab chiqish hamda sharhlash, kasbiy va boshqa masalalarda hamkasblar bilan muhokama yuritish ish bilan bog'Iiq muammolar, mijoz bilan maslahat davrida olgan axborotlarni tahlil etish, hujjatlar ustida ishlash, psixologik maslahatni me'yoriy va samarali o'tishini ta'minlovchi barcha shu kabi ishlardan iborat. Agar yuqoridagi barcha ma'lumotlarni e'tiborga olib, psixologik maslahat o'tkazish uchun mutaxassis o'rtacha qancha vaqt sarflashi mumkinligi (mijoz bilan shaxsan ishlash nazarda tutiladi), shuningdek psixologik maslahat bilan bog'Iiq barcha ishlar, mijoz bilan ishlash vaqti hamda boshqa masalalarga sarflanadigan vaqt bir-biriga to'g'ri kelishi zarur. Shunday taxminiy nisbatni psixologik maslahat ishlarini rejalashtirishda e'tiborda tutish shart.
Psixologik maslahatchining shaxsiy ish tartibini o'rnatishda uning shaxsiy xususiyatlari, xususan unga odatiy bo'lgan kun tartibi, ish va dam olish vaqtini ko'zda tutish lozim. Ayrim insonlar uchun ertalab eng samarali ish vaqti bo'lsa, boshqalar uchun kechki vaqt shunday ahamiyatli bo'lishi mumkin. Ayrimlar ishni osongina boshlasalar, biroq tezda charchab qoladilar. Boshqalar juda sekin ish boshlasalar-da, uzoq vaqt ishni samarali o'tkazishga qodir bo'ladilar. Birinchi toifa insonlarga qisqa ish davridan so'ng albatta hordiq zarur, ikkinchi toifadagilar uzoq vaqi ishlab, so'ng dam olishlari mumkin.