1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

38-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining
o‘rinbosari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari:
tegishli sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;
tegishli sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatiga tegishli sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari yo‘qligida
uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa o‘rinbosari zimmasiga
yuklatilishi mumkin.
4-bob. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi. Jinoyat ishlari bo‘yicha
tuman, shahar sudi. Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi
39-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat
bo‘ladi.


Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Tarkibi olti sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining o‘rinbosari
lavozimi joriy etiladi.
Bir tarkibli tumanlararo, tuman, shahar sudi sud raisidan iborat bo‘ladi.
40-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining vakolatlari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi qonun bilan o‘zining vakolatlariga
kiritilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash
haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini
lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud
ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya
qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan
mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni va qonun bilan o‘zining vakolatlari
doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun
bilan o‘zining vakolatlari doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqadi.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin