haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, bundan
sudyaning vazifalarini
bajarishga to‘sqinlik qilmaydigan pedagogik, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyat mustasno;
shaxsan yoki ishonchli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, shu jumladan
xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishda, uning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar,
ishtirok
etishga;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet el banklarida hisobvaraqlar
(omonatlar) ochishga va ularga ega bo‘lishga, naqd pul mablag‘larini
hamda qimmatliklarni
saqlashga. Bunday cheklov sudyaning eriga (xotiniga) va voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan
ham amal qiladi;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha sudda vakil bo‘lishga (qonuniy vakillik hollari
bundan mustasno);
sudda ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan sud hujjati qonuniy kuchga kirgunga qadar
oshkora mulohazalar bildirishga;
qonunga muvofiq maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan, sudyalik vakolatlarini amalga oshirishi
munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni sudyalik vakolatlarini amalga oshirish
bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda oshkor qilishga yoki foydalanishga haqli emas.
Sudyaning zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: