taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘rsatilgan faktlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki
qo‘zg‘atilishi rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar beradi.
Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq
qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hay’atining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir
jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan
hollarda qo‘llanilishi mumkin. Mazkur qoida sudya sifatida ishlagan davrida shunday jinoyat sodir
etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyaga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib
ushlab turilgan taqdirda, bu haqda
ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlar ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan
kechiktirmasdan xabar qilinishi shart.
Sudyaning turar
joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni
ko‘zdan
kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi
so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek
uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoxud olish
faqat sudning qaroriga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining ruxsati bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining
barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: