Sudyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi rayosati majlisida qasamyod
qiladi.
Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya o‘z vakolatlarini
amalga oshirishga
qasamyod qilganidan keyin kirishadi.
61-modda. Sudyaning huquqlari
Sudya quyidagi huquqlarga ega:
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z
farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
axborotni olish;
odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat organlarining va
boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan bepul asosda olish hamda shaxsga doir ma’lumotlar
mavjud axborot tizimlaridan foydalanish, shu jumladan masofadan turib foydalanish;
davlat
organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan odil sudlovni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni fuqarolarning
yozma roziligisiz
bepul asosda olish;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish;
uyushmalarga birlashish.
Sudya qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari,
boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talablari hamda
farmoyishlarini so‘zsiz bajarishi shart. Sudyaning talablari va farmoyishlarini
bajarmaslik qonunda
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: