sudyalar malaka hay’ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga
taqdimnomalar kiritadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik
shaxslarning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir
faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
xalq deputatlari viloyat,
Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati
ishlariga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va bekor qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy
sudi raisi
yo‘qligida uning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sudning rais
o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: