1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

53-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi
raisining o‘rinbosari:
sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;
sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatiga sudlov hay’atining faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi
raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi
raisining o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan
tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
7-bob. Tumanlararo ma’muriy sud
54-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning tarkibi
Tumanlararo ma’muriy sud rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Tarkibi olti nafar sudyadan ortiq bo‘lgan tumanlararo ma’muriy sudda rais o‘rinbosari lavozimi
joriy etiladi.
55-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning vakolatlari
Tumanlararo ma’muriy sud davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan, ommaviy-
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyatlar va arizalar bo‘yicha ma’muriy nizolarni,
shuningdek qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
56-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisi
Tumanlararo ma’muriy sud raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda
tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni
amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir
marta axborot taqdim etadi;


sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va
bekor qiladi.
Tumanlararo ma’muriy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
Tumanlararo ma’muriy sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini rais o‘rinbosari bajaradi, u
yo‘qligida esa sud raisining vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat,
Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga
yuklatilishi mumkin.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin