1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

72-modda. Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati
Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati besh yil.
Shaxs ayni bir sudda ketma-ket ikki muddatdan ortiq rais, rais o‘rinbosari lavozimini egallab
turishi mumkin emas.
Sud raisi, rais o‘rinbosari vakolatlari u saylangan yoki tayinlangan muddat o‘tgach tugaydi.
Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati o‘tganligi yoki u tomonidan egallab turgan
lavozimidan ozod etish haqida ariza berganligi munosabati bilan tugagan taqdirda, uning sudyalik
vakolatlari saqlanib qoladi va u shu kundan boshlab sudyalik lavozimida ishni davom ettiradi,
mazkur sudda bo‘sh turgan sudyalik lavozimi bo‘lmagan taqdirda, o‘zining roziligi bilan sudyalik
vakolatlarining qolgan muddatiga boshqa sudga sudyalik lavozimiga o‘tkaziladi.
73-modda. Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazish tartibi
Sudya vakolatlari muddati davrida o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi tomonidan boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudi raisi, rais o‘rinbosari, sudyasi
vakolat muddati davrida o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan boshqa
sudyalik lavozimiga o‘tkazilishi mumkin.
Bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati, qoida tariqasida, ikki yildan kam
bo‘lmasligi kerak.
Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala Sudyalar oliy malaka hay’ati
xulosasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
11-bob. Sudyalarning intizomiy javobgarligi
74-modda. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari
Sudya faqat tegishli sudyalar malaka hay’ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy
javobgarlikka tortilishi mumkin:
odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;


sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari
uchun;
sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan
nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;
Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun.
Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan
sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l
qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.
Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya ushbu moddaning
birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan
deb hisoblanadi.
Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda
belgilanadi.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin