68-modda. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar Ushbu Qonunning
67-moddasi
talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida
o‘n besh yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida yetti yillik ish stajiga
ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin.
Ushbu Qonunning
67-moddasi
talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida
o‘n yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega
bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat,
Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.
Ushbu Qonunning
67-moddasi
talablariga javob beradigan, o‘ttiz besh yoshga to‘lgan va
yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tumanlararo, tuman,
shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.
Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular
asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini
bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
69-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud sudyasi O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi sudyasi O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoki kelishib olinadigan
lavozimlarda faoliyat yuritayotgan va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar, istisno
tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida
majburiy tartibda o‘qitilmagan holda ilk bor sudyalik lavozimlariga tayinlanishi mumkin.
Sudyani lavozimga tayinlash tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi inobatga olingan
holda amalga oshiriladi.