1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish



Yüklə 277,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/42
tarix29.03.2023
ölçüsü277,07 Kb.
#91107
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

75-modda. Sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish
Sudyaga nisbatan intizomiy ish tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan sudya ushbu
Qonun 74-moddasining 
birinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlarni sodir etilgani to‘g‘risidagi
ariza yoki xabar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin.
76-modda. Sudyaga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari
Sudyalarning malaka hay’ati intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyaga quyidagi intizomiy jazo
choralaridan birini qo‘llashi mumkin:
ogohlantirish;
hayfsan;
o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish;
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Intizomiy jazo choralari qo‘llanilayotganida qoidabuzarlikning xususiyati va oqibatlari, nojo‘ya
xatti-harakatning og‘ir-yengilligi, sudyaning shaxsi, aybdorlik darajasi inobatga olinadi.
77-modda. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Sudyalar malaka hay’atining intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ustidan
Sudyalar oliy malaka hay’atiga shikoyat qilish mumkin.
Sudyalar oliy malaka hay’atining qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashiga shikoyat berish mumkin.
12-bob. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish
78-modda. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish
Sudyaning vakolatlari tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda to‘xtatib
turiladi, agar:
sudya o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa;
sudyaga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan bo‘lsa;
sudya sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok
etayotgan bo‘lsa.
Sudyaning vakolatlari ularni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lgunga qadar
to‘xtatib turiladi.
Sudya qonunda belgilangan tartibda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat
qilishga haqli.


Sudyaning vakolatlari to‘xtatib turilishi unga ish haqi to‘lashni to‘xtatishga yoki ish haqi
miqdorini kamaytirishga, uning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda
belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, bundan ehtiyot chorasi
sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno.
Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror sudyaning vakolatlarini to‘xtatib
turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 277,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin