Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi, rais
o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti bilan kelishib olingan xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesi
Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan
saylanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman,
shahar sudi raisi, rais o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud raisi, rais o‘rinbosari O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
71-modda. Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi
marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va lavozimda
bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida bo‘lgan umumiy stajidan kelib
chiqqan holda hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning
eng yuqori yoshi yetmish
yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun — oltmish besh yoshni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi o‘zining
roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar
sudyasining yoshi esa O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
tomonidan xuddi shunday
besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: