1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Mahalliy mehnat organlarini ishsizlik nafaqasini to‘lashga ta’sir ko‘rsatadigan shartlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə55/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113
642-qonun(1)

54-modda. Mahalliy mehnat organlarini ishsizlik nafaqasini to‘lashga ta’sir ko‘rsatadigan shartlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish

Ishsizlik nafaqasini olayotgan ishsiz shaxslar mahalliy mehnat organini quyidagilar to‘g‘risida uch kunlik muddatdan kechiktirmay xabardor qilishi shart:

mustaqil ravishda ishga joylashganligi (mehnat shartnomasi tuzganligi);

fermer yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini foydalanishga olganligi;

tadbirkorlik faoliyati yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida boshqa har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan daromad olayotganligi;

tijorat bankidan, mikromoliya tashkilotidan yoki lizing kompaniyasidan kredit yoki lizing olganligi;

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga mustaqil ravishda (mahalliy mehnat organi vositachiligisiz) kirganligi;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikka muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lganligi (pensiya turidan qat’i nazar);



(54-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

harbiy majburiyatlarni bajarganligi va harbiy xizmatga tayyorgarlik bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etganligi;

yashash joyi o‘zgarganligi;

ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlar.

Mahalliy mehnat organlari ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan va idoralararo hamkorlikning boshqa shakllaridan foydalangan holda, mustaqil ravishda axborot olishga haqlidir.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin