1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ishsizlik nafaqalarining ortiqcha to‘langan summalarini ushlab qolish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə58/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113
642-qonun(1)

57-modda. Ishsizlik nafaqalarining ortiqcha to‘langan summalarini ushlab qolish

Ishsizlik nafaqasining ortiqcha to‘langan summalari ishsiz shaxsdan, agar ortiqcha to‘lov hisob-kitobdagi xato natijasida yoki ishsiz shaxs tomonidan suiiste’mollik oqibatida sodir etilgan bo‘lsagina, ushlab qolinishi mumkin. Ushlab qolishlar ishsizlik nafaqasining keyingi to‘lanishlari chog‘ida amalga oshiriladi.

Hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato natijasida ortiqcha to‘langan summani ushlab qolish to‘g‘risidagi qaror noto‘g‘ri belgilangan miqdordagi ishsizlik nafaqasi oxirgi to‘langan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Ishsiz shaxs tomonidan suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha to‘langan summani ushlab qolish to‘g‘risidagi qaror biror-bir muddatlar bilan cheklanmagan holda qabul qilinadi.

Agar ishsizlik nafaqasini oluvchi ishsiz shaxs g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa va sudning yoki boshqa vakolatli organning qaroriga ko‘ra ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni qoplangan holda avvalgi ishiga tiklangan bo‘lsa, unga to‘langan ishsizlik nafaqasi ushbu shaxs tomonidan to‘liq miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda qaytariladi. Ushbu shaxs olingan ishsizlik nafaqasini ixtiyoriy ravishda qaytarishni rad etgan taqdirda to‘langan ishsizlik nafaqalarining butun summasi ushbu shaxsdan sud tartibida undiriladi.



58-modda. Ishsizlik nafaqalari tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar ustidan shikoyat qilish

Mahalliy mehnat organlarining ishsizlik nafaqalari tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlari, shu jumladan ularni tayinlashning to‘g‘riligi va to‘lash muddatlari haqidagi qarorlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat berilishi mumkin.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin