1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə59/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
642-qonun(1)

12-bob. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish

59-modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari

Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:

shaharlarning, tumanlarning, aholi punktlarining, mahallalarning hududlarini va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, yig‘ishtirish, oqlash, ariqlarni, qabristonlarni, ziyoratgohlarni, madaniy obyektlarni tozalash va boshqalar);

uy-joy-kommunal obyektlar va boshqa infratuzilma obyektlari hududlariga tutash uy-joy fondining obyektlarini ta’mirlash hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

ko‘chalarni, yo‘llarni va yo‘lkalarni ta’mirlash;

qishloq xo‘jaligi ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosilini yig‘ib-terib olish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni, keksalarni, bemorlarni va boshqa shaxslarni parvarishlash;

sanoat tarmoqlari tashkilotlaridagi va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi ishlar;

obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlariga muvofiq haq to‘lanadigan jamoat ishlarining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.

Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining taklif etilayotgan turlari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslarning kasbiy ko‘nikmalarini, ish tajribasini, yoshini, jinsini va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini, ish rejimini va mehnatni muhofaza qilishga oid zarur shart-sharoitlarni hisobga olishi kerak.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin