1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

21-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib
olish tartibi
Subyekt shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun rozilikni uning olinganligi faktini
tasdiqlash imkonini beruvchi har qanday shaklda beradi.
Shaxsga doir maxsus ma’lumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu
jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etiladi.
Subyekt muomalaga layoqatsiz bo‘lgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda,
uning qonuniy vakili subyektning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uchun yozma ravishda,
shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Voyaga yetmagan subyektlarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uchun ularning
ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yo‘qligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma shaklda, shu
jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Subyekt vafot etgan taqdirda, uning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uchun rozilikni,
agar subyekt hayotligi chog‘ida bunday rozilikni bermagan bo‘lsa, uning merosxo‘rlari yozma


shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
Sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan subyektning
shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uning merosxo‘rlarining yozma shaklda, shu jumladan
elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Subyekt shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun berilgan rozilikni ushbu rozilik
qanday shaklda berilgan bo‘lsa, shunday shaklda yoxud yozma shaklda, shu jumladan elektron
hujjat tarzida chaqirib oladi.
22-modda. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish
tartibi
Subyekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli bo‘lgan, quyidagilar
ko‘rsatilgan axborotni olish huquqiga ega:
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdig‘i;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda qo‘llaniladigan usullar;
mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan eri (pochta
manzili), shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yoxud mulkdor va
(yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir ma’lumotlar
o‘ziga oshkor qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
tegishli subyektga taalluqli bo‘lgan, ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlarning tarkibi,
ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday ma’lumotlarni taqdim etishning boshqacha
tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash
muddatlari;
ushbu Qonunning 
30-moddasida
nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga
oshirilish tartibi;
shaxsga doir ma’lumotlarning amalga oshirilgan yoki mo‘ljallanilayotgan transchegaraviy
uzatilishi to‘g‘risidagi axborot.
Subyektga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov
berilishiga taalluqli axborotni olishga bo‘lgan huquqi cheklanishi mumkin.
Subyektning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga
taqdim etish tartibi subyektning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga
ko‘ra belgilanadi.
Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning shaxsga doir ma’lumotlariga
ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar:
subyekt o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni amalga oshirish to‘g‘risida ilgari
xabardor qilingan bo‘lsa;
shaxsga doir ma’lumotlar subyekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan bo‘lsa yoki
hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbadan olingan bo‘lsa;
bunday axborotning berilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlari buzilishiga olib keladigan bo‘lsa.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish
to‘g‘risidagi xabarnoma so‘rov bergan subyektga o‘n kun ichida yozma shaklda yuboriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish
to‘g‘risidagi qaror ustidan subyekt vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin