shaxsga doir ma’lumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir ma’lumotlarga
ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
shaxsga doir ma’lumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir ma’lumotlar
bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi,
jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo‘lmagan,
ammo shaxsga doir
ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bog‘liq bo‘lgan har
qanday shaxs.
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
Dostları ilə paylaş: