1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Shaxsga doir ma’lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 122,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix15.10.2022
ölçüsü122,97 Kb.
#65160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘RQ-547-сон 02.07.2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

2-bob. Shaxsga doir ma’lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga
oshiruvchi organlar
Shaxsga doir ma’lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi va shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan
amalga oshiriladi.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir ma’lumotlar
sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
shaxsga doir ma’lumotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsga
doir ma’lumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli
davlat organi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan:
shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilayotganda ushbu ma’lumotlarning xavfsizligiga
bo‘lgan tahdidlarga qarab, ularning himoya qilinganlik darajasini;
shaxsga doir ma’lumotlar himoyasini ta’minlashga oid bo‘lgan, bajarilishi shaxsga doir
ma’lumotlarga ishlov berish chog‘ida ularning belgilangan himoya qilinganlik darajasini
ta’minlaydigan talablarni;
biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday
ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni
belgilaydi.
8-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli
davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;


shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish
hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
Mulkdorning va (yoki) operatorning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishini hamda
ularning himoya qilinishini ta’minlovchi tuzilmaviy bo‘linmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil
etishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi;
shaxsga doir ma’lumotlar bazasi Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan o‘z
vakolatlari doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli davlat organlariga ularning faoliyati
sohasiga nisbatan qo‘llaniladigan belgilangan ma’lumotlarni yuboradi;
shaxsga doir ma’lumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi;
ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, shaxsga
doir ma’lumotlar xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf qilish haqida
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
(8-modda ikkinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan shaxsga doir ma’lumotlar
sohasida hamkorlikni amalga oshiradi.

Yüklə 122,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin