1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Standart moliyaviy instrumentlar hisobini yuritishga nisbatan tadbiq etilmaydi



Yüklə 3,59 Mb.
səhifə2/5
tarix20.12.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#187396
1   2   3   4   5
Презентация Microsoft PowerPoint

bo‘linish nuqtasi — birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti;
tara — mahsulotlarni (tovarlarni) saqlash, o‘rash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy obyekt.
4. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda:
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan xomashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik jihozlari, boshqa materiallar zaxiralari;
boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;
mexanizm qismlari, qurilmalar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Xizmatlar ko‘rsatuvchi va ishlar bajaruvchi tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati sifatida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad sifatida tan olinmagan tugallanmagan xizmatlar (ishlar) bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi;
tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va shartnomada yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin.
5. Inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:
Xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;
Xizmat muddatidan qat’i nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan aktivlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida aktivlarni inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.
6. Xizmat muddati hamda qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar). Bunda maxsus asboblar va moslamalar tarkibiga asbob-uskunalar, shtamplar, press-shakllar, prokat o‘tkazuvchi vallar, moslama uskunalari modellari, opoklar, andozalar va boshqa turli maxsus asboblar va moslamalar kiradi;
Maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal. Maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal tarkibiga saqlovchi moslamalar, kombinezonlar, kostyumlar, kurtkalar, shimlar, xalatlar, jun po‘stinlar, har xil poyabzallar, qo‘lqoplar, ko‘zoynaklar, respiratorlar, boshqa turli maxsus va sanitariya kiyimlari hamda maxsus poyabzal kiradi;
-Ko‘rpa-to‘shaklar;
-Kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);
-Oshxona inventari, shuningdek, oshxona choyshablari;
-Barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
-Foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
Ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, jihozlar va hokazo).
7. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin