16. Shartnomaga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar chegirma bilan xarid qilinganda, ular mazkur bandda nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
17. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar uchun haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilishda uni ayirboshlash bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi hamda ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
18. Tovar-moddiy zaxiralar qarz mablag‘lari hisobiga xarid qilinganda yoki ishlab chiqilganda qarzdan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar qarz mablag‘lari hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi.
19. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida belgilanadi.
20. Agar shartnoma shartlarida xarid qilinadigan tovar-moddiy zaxiralar uchun to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ular buxgalteriya hisobiga to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymat bo‘yicha kirim qilinadi.
Bunda tovar-moddiy zaxiralarning to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha umumiy to‘lov summasi o‘rtasidagi farq to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri mobaynida joriy to‘lovning kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi salmog‘idan kelib chiqib moliyaviy xarajatlar (foizlar bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan olinadi.
a) transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan ulushning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olinganlarning joriy qiymatiga qo‘shish va boshqalar).
Transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) kiritish usuli nomenklaturasi ko‘p bo‘lmagan tovar-moddiy zaxiralarga ega bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi mumkin;
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” sintetik schetida aks ettirish va keyinchalik ularni materiallar turi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoxud davr xarajatlariga kiritish.
22. Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobga olinadi yoki xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga kiritiladi:
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli nomlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari olib boriladigan partiyalar, guruhlar) o‘rtasida taqsimlanadi.
Alohida yig‘iladigan transport-tayyorlov xarajatlari summasi tashkilotning hisob siyosatida belgilangan davrga bog‘liq holda davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘i summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, bepul berilgan va boshqalar) tovar-moddiy zaxiralar summasi o‘rtasida taqsimlanadi.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarga tegishli bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlar summasi chiqib ketgan tovar-moddiy zaxiralar qiymatidan transport-tayyorlov xarajatlarning o‘rtacha foizini hisoblash orqali aniqlanib, ushbu tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi aks ettirilgan buxgalteriya hisobi schetlari bilan bog‘langan schetlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov xarajatlarning o‘rtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov xarajatlar qoldig‘i va davr ichida qilingan transport-tayyorlov xarajatlar summalarini davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘i va davr ichida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar summasiga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olishning qo‘llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
23. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi qoplanadigan (hisobga olishga qabul qilinadigan) soliqlarni chegirgan holda shartnomaga yoki ularning xarid qilinganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq yetkazib beruvchiga (sotuvchiga) to‘lanadigan summa hamda unga mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qo‘shgan holda aniqlanadi.
24. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.
25. Tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilot ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Agar tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar ustav kapitaliga ulush sifatida olinayotganda mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlar mavjud bo‘lsa, tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.