3-bob. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi 14. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo‘yicha kiritiladi hamda ular xarid qiymatini (yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summa) va xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
15. Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
Bojxona bojlari va yig‘imlari;
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa (hisobga olishga qabul qilinmasa);
Tovar-moddiy zaxiralar ta’minotchi va vositachi tashkilotlar orqali xarid qilinganda ularga to‘lanadigan to‘lovlar (vositachilik haqi);
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni Texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar;
Tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga transportda tashish uchun (fraxt) to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni transportda tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga boshqa xarajatlar ham kiritilishi mumkin.
Xaridor tomonidan tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish sanasida foydalanilgan chegirmalar, agar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari mavjud bo‘lganda, ular xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari qiymatini kamaytirishga olib boriladi (sotib olish xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi).
Tovar-moddiy zaxiralari qabul qilingan sanadan so‘ng ularni xarid qilish bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarish natijasida yuzaga kelgan (olingan) chegirmalar, tashkilotning moliyaviy natijalariga olib boriladi va sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini kamaytirmaydi.
Qo‘shimcha tovar-moddiy zaxiralar bepul olinganda, agar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari mavjud bo‘lganda, sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymati barcha olingan tovar-moddiy zaxiralar miqdoriga (bepul olingan tovar-moddiy zaxiralarini ham hisobga olgan holda) taqsimlash orqali ularning tannarxi aniqlanadi.
Avval yetkazib berilgan tovar-moddiy zaxiralar hisobidan qo‘shimcha tovar-moddiy zaxiralar bepul olinganda, mazkur bandda belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan qo‘shimcha olingan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi hisobot davrining moliyaviy natijalariga olib boriladi.
Agarda tovar-moddiy zaxiralarini sotib olish paytida avvalgi xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olgan holda qo‘shimcha tovar-moddiy zaxiralari bepul olinganda, avval xarid qilingan va oxirgi xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralariga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha bepul olingan tovar-moddiy zaxirlari ulushlari aniqlanadi. Bunda oxirgi xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari qiymati ularga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha bepul olingan tovar-moddiy zaxiralari ulushini hisobga olgan holda kirim qilinadi.