7. A.N.Leontevning faoliyat nazariyasi A.N.Leontev (1903-1979) – mashhur rus psixologiya faoliyat nazariyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi tamoyili bilan bog’liq. Ushbu nazariyaga ko’ra, faoliyat sub’ektning predmetli olam bilan bo’lgan ta’sirlashishi jarayoni bo’lib, bu jarayon unga o’z ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi.
Faoliyat – bu faol maqsadga yo’naltirilgan jarayondir. Predmetli lik faoliyat bilan bogliq ehtiyoj – individdan tashqarida bo’lgan, ammo individ normal hayot kechirishi shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan narsalarga nisbatan zaruratni his etish xolati. Motivextiyojning namoyon bulish shakli insonni faoliyatga undaydigan sabab ya’ni faoliyatning nima uchun amalga oshirilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsadni qo’yishga undaydi. Maqsad - faoliyatning kutilayotgan natijasi. Faoliyat quyidagi darajalarga ega bo’ladi: 1. Maxsus faoliyat turlari darajasi; 2. Harakatlar darajasi; Z. Operatsiyalar darajasi; 4. Psixofiziologik funksiyalar darajasi.
Har qanday faoliyat ma’lum xarakatlar ketma-ketligi shaklida amalga oshadi. Harakat – ongli maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan faollik, faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bog’liq ravishda turli usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari operatsiyalar deb ataladi. Operatsiyalar - avtomatlashgan, odatda aniqlanmaydigan harakatlardir. Faoliyat o’z motivini yo’qotish va harakatga aylanishi, harakat esa maqsadi o’zgarishi bilan operatsiyaga aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan ko’zlangan maqsad butun faoliyat maqsadidan muhimroq ahamiyat kasb etishi va natijada maqsad motivga aylanib qolishi kuzatiladi. Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faol inson ongi shakllanishining sharti va omili ong faolligining shaklidir. A.N.Leontev o’z izlanishlarida faoliyatning bala taraqqiyotiga ta’siri muammosini ham chuqur o’rgangan.
Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida «yetakchi faoliyat» tushunchasi shakllandi. Yetakchi faoliyat deganda taraqqiyotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o’zgarishlarga sabab bo’luvchi faoliyat
mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo‘lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti- harakati o‘rtasidagi farqda aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
Inson faoliyati juda xilma-xildir: mehnat, pedagogik, badiiy- ijod, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish.
Shuni ko‘rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirishida namoyon bo‘ladi. "har qanday faoliyatda inson o‘z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutiladigan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o‘ylaydi, irodaviy zo‘r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatni o‘ylaydi.
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat – galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi-ko‘pmi uzoq yoki yaqin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug’iladigan qator juz’iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarnish-harakat (sa’i-harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum harakatlardan tashkil topadi. Masalan, "A", "I" harflarini yozishdagi harakatlar bir-biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko‘p va rang-barangdir. Shunday bo‘lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir: "olmoq", "joyini o‘zgartirmoq", "qo‘yib yubormoq", bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.