1. Borliq tushunchasini mazmunini daftarga yozib moodul tizimiga joylashtiring?


Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi



Yüklə 33,14 Kb.
səhifə5/10
tarix10.08.2022
ölçüsü33,14 Kb.
#63078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 taqdimnoma

Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv 
cheksizlik tabiatda ichki tuzilishga ega bo’lmagan, mutlaqo elementar ob’ektlar yo’qligini ko’rsatadi. Intensiv 
cheksizlik mikrozarralarni o‘rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo‘linishi sifatida 
qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan 
dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur ob’ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda 
kuzatiladi va ob’ektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda ob‘ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi 
narsalar bilan o‘zaro ta‘sirlar tizimiga bog‘liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo‘lib, u 
bilish qaratilgan yo‘nalishdan kelib chiqib, intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv 
cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o’ziga xos proektsiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o‘qidagi 
‗roektsiyalariga o‘xshatish mumkin.
Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko‘p yangiliklar kiritdi. Kosmologiya fan sifatida 
olamning tuzilishi va xossalarini, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o‘rganishga harakat qiladi
Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik 
naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik 
g‘oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta‘riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydobo‘lishi kosmologiya 
muammolarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta‘sirida yuzaga kelgan va XX asrning 
ikkinchi o‘n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va vaqtda cheksiz 
hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.
Olamning relyativistik kontseptsiyasi bo‘lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, 
uning «ibtidosi» g‘oyasida cheksizlik g‘oyasi butunlay inkor etilib, fanda to‘ntarish yasalishiga olib keladigandek 
bo‘lib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma 
narsani qamrab olishi haqidagi ta‘limoti o‘tmishda ko‘p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh 
sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g‘oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari
garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‘lsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntirgan. Mazkur sohaga 
taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning 
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g‘oyasini inkor etmagan.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 33,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin