1. Borliq tushunchasini mazmunini daftarga yozib moodul tizimiga joylashtiring?


Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i



Yüklə 33,14 Kb.
səhifə2/10
tarix10.08.2022
ölçüsü33,14 Kb.
#63078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 taqdimnoma

Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i. 
Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha 
keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli 
narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni 
abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos 
‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i 
kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos 
xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.
Tabiat borlig‟i. U mufassallashtiriladi va o‘z navbatida ,birlamchi tabiat borlig‘i (ya‘ni inson va uning 
faoliyatidan qat‘i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan 
yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i)ga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining 
borlig‘i – bu butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, 
sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir.
Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. 
Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‘ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof muhit bilan moddalar 
va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya‘ni sayyoramiz 
hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat.
Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki 
o‘zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan 
tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda 
ob‘ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, 
uning qalbi o‘z ifodasini to‘gan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson 
ruhining ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va ma‘naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.

Yüklə 33,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin