Muvofiq1ashtirish-bu boshqaruvning boshqaruv tizimi elementlari o'rtasidagi o'zaro aloqa va muvofiqlikni ular o'rtasida ratsional aloqalar (kommunikatsiyalar)ni o'rnatish yo'li bilan ta'minlashga qaratilgan vazifasidir. Bu aloqalarning xarakteri eng turli-tuman bo'lishi mumkin, chunki u muvofiqlashtirilayotgan jarayonlarga bog'liqdir. Shuning uchun bu vazifalarni bajarish uchun ham xilma xil hujjatli manbalar (hisobotlar, axborotlar, tahliliy ma'lumotlar)dan va majlislar, kengash- larda, intervyu berishda muammolarni muhokama qilishda vujudga keladigan natijalardan foydalanish mumkin. Bunda tashkilot ishini normal borishidan chetga chiqishlarga tez e'tibor qaratishga yordam beruvchi texnik aloqa vositalari katta rol o'ynaydilar.
Aloqaning ushbu va boshqa shakllari bilan tashkilot tizimchalari o'rtasida o'zaro hamkorlik o'rnatiladi, resurslar bilan manyovr qilish amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
alohida bo'linmalar, rahbarlar, xodimlar o'rtasidagi muvofiqlik va o'zaro hamkorlikni ta'minlash;
boshqaruv jarayoni barcha xizmatlarining birligi va muvofiqligini ta' minlash;
tashkilot bo'linmalari va lavozimli shaxslari faoliyatining tashqi muhit sub'yektlari, ish bo'yicha sheriklari bilan muvofiqligini ta' minlash;
- kompaniyaning ijrochi direktorlari bilan uning byudjeti loyihasining asosiy parametrlarini (bo'linmalar byudjetlarini batafsil ishlab chiqishga qadar) jamoaviy ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Muvofiqlashtirishni bir necha turlarga bo'lish mumkin:
preventiv, bunda muammolar, qiyinchiliklar va ularni bartaraf qilish yo'llari bashorat qilinadi va adekvat choralar qo'laniladi;
bartaraf qiluvchi, u tizimdagi uzilishlarni ular sodir bo'lgandan keyin tugatishga mo'ljallangan;
tartibga soluvchi, u boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarishni ma'lum doiralarda qo'llab quvvatlashga mo'ljallangan;
rag'batlantiruvchi, boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradi.
Barcha bosqichlardagi rahbarlar va ijrochilarning mustaqilligi va ma'suliyatini o'sishi sharoitlarida norasmiy aloqalar deb ataluvchilarning o'sishi sodir bo'ladi, ular boshqaruv tuzilmasining bitta bosqichida bajariladigan ishlarni gorizontal muvofiqlashtirilishini ta' minlaydilar. Shuning bilan bir vaqtda vertikal muvofiqlashtirishga zaruriyat qisqaradi, bunda boshqaruv tuzilmasi "tekis" bo'lib qoladi.
Boshqaruvning jarayonining nazoratvazifasi qabul qilingan qarorlarning boshqaruv tizimining haqiqiy holati, haqiqiy erishilgan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarga mosligi darajasini belgilaydi, chetga chiqishlar va ularning sabablarini aniqlaydi. Shuning uchun ham 4.1. rasmda "nazorat"dan chiquvchi o'q "rejalashtirish" tomon ketadi.
Qoidaga ko'ra, nafaqat "miqdoriy" balki "sifat" ko'rsatkichlari ham nazorat qilinadi. Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:
nazorat ob'yektlari bo'yicha;
ijrochilar bo'yicha;
qabul qilinayotgan qaror bo'yicha;
-nazorat ob'yektidan bundan keyin foydalanish imkoniyati bo'yicha;
munosabatlarning turi bo'yicha;
ochiqliq alomati bo'yicha;
qo'lami bo'yicha;
o'tkazish uslibiyoti bo'yicha;
axborotni olish va ishlab chiqish usuli bo'yicha;
undovchi ahamiyatining darajasi bo'yicha;
- bajariladigan operatsiyalarning ob'yektlari bo'yicha (bir vazifali va ko'p vazifali);
- xarakteri bo'yicha (uzluksiz va davriy);
- nazorat qilinayotgan miqdorlarning soni bo'yicha (yagona yoki bir o'lchamli, ko'p yoki ko'p o'lchamli);
ob'yektlarni nazorat tomonidan qamrab olinishi darajasi bo'yicha; -nazoratning tartibi bo'yicha;
nazoratning vaqti bo'yicha;
nazorat operatsiyalarini boshqarilishining davriyligi bo'yicha;
mexanizatsiyalashish (avtomatlashish) darajasi bo'yicha;
ob'yektning yashash davrasi pallalari bo'yicha.
Nazoart yana dastlabki, joriy va xulosaviy bo'ladi. Birinchisi ishlarni haqiqiy boshlanishiga qadar o'tkaziladi, unda standartlar o'rnatiladi, yo'l qo'yiladigan chetga chiqishlarning ko'lami belgilanadi va.h.k. Xo'jalik jarayoni bosqichida amalga oshiriladigan nazorat joriy degan nomga ega. Uning vazifasi xo'jalik operatsiyalari va ishlab chiqarish vazifalarini bajarilishdagi kamchiliklarni operativ aniqlash va o'z vaqtida ularning oldini olishdir. Yakuniy nazorat ish bajarilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda olingan natijalar ko'zda tutilganlar bilan solishtiriladi.
Nazoratni amalga oshirishda amal qilish kerak bo'lgan asosiy tamoyillarni ajratish mumkin, bular:
- nazoratni strategik yo'naltirilganligi;
- nazoratni natijalarga yo'naltirilganligi;
nazoratning o'z vaqtidaligi;
nazoratning egiluvchanligi;
nazoratning ochiqligi;
nazoratning samaradorligi.
Nazorat vazifasini bajarishning asosiy qurollari-kuzatish, faoliyatni har tomondan tekshirish, hisobga olish va tahlil qilishdir. Boshqaruvning umumiy jarayonida nazorat teskari aloqaning elementi sifatida bo'ladi, chunki uning ma'lumotlari bo'yicha oldin qabul qilingan qarorlar, rejalar va xatto me'yorlar, normativlarga tuzatishlar kiritish amalga oshiriladi. Samarali qo'yilgan nazorat albatta strategik yo'nalishga ega bo'lishi, natijalarni mo'ljallashi, yetarlicha oddiy bo'lishi kerak. Keyingi talab ayniqsa hozirgi sharoitlarda muhimdir, chunki hozir tashkilot o'z ishini odamlarga ishonch tamoyilida qirishga harakat qilmoqda, bu esa bevosita menejer tomonidan bajariladigan nazorat vazifalarini ancha qisqartirish zarurligi va imkoniyatiga olib keladi. Bu sharoitlarda nazorat yumshoqroq va tejamli bo'ladi.
Nazoratni amalga oshirish uchun barcha rejalar, dasturlar va vazifalarni bajarilishini hisobga olish talab qilinadi. Bunda miqdor, sifat, xarajatlar, ijrochilar va muddatlar parametrlari bo'lishi mumkin. Resurslarni sarflanishini resurslar va tovarlarning barcha turlari, yashash davrining bosqichlari va bo'linmalar bo'yicha hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Hisobga olishga quyidagi talablar qo'yiladi: ma'lumotlarning to'liqligi, ya'ni hisobni boshqaruv tizimining barcha elementlari bo'yicha olib borish;
dinamiklik, ko'rsatkichlarni dinamikada aks ettirish; tizimiylik; soddalik;
kompyuter texnikasi asosida avtomatlashtirilganlik; iqtisodiylik; vorislik.
Boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi ustidan muntazam va sifatli hisobga olish va nazoratni amalga oshirilishi uning yuqori samaradorligining muhim sharti bo'ladi.
Tashqi muhit bilan murakkab o'zaro munosabatlarga ega zamonaviy tashkilotlar boshqaruv jarayonida mavjud bo'lgan ko'rib chiqilgan umumiy vazifalardan farqliroq bir qator maxsus vazifalarniamalga oshiradilar: marketing, ishlab chiqarish, moliya, xodimlar, innovatsiyalar va boshqalarni boshqarish. Bu vazifalarning har birini korxonani boshqarish bo'yicha ishning ma'lum turi sifatida ko'rib chiqish mumkin. Bu ishning boshqaruvda mehnatni taqsimlash jarayonida ajralib chiqadigan, ob'yektiv xarakterga ega, nisbatan mustaqil uchastkalaridir.