1. Boshqaruv jarayoni va vazifalari Boshqaruvga jarayon sifatida qarash kerak. Boshqaruv jarayoni



Yüklə 352,81 Kb.
səhifə10/11
tarix25.04.2023
ölçüsü352,81 Kb.
#102350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Menejment tizimi, maqsadi va vazifalari

Murakkab qarorlar - bu maxsus bilim va katta tayyorgarlik ishlari talab qiluvchi qarorlardir.
Oddiy qarorlar-katta tajriba va maxsus bilm talab qilmaydigan va ular uchun javob xamma vaqt tayyor bulmogi kerak.
4. Takrorlanishi va yangilik darajasi buyicha oddiy va ijobiy qarorlar.
Oddiy - bu qarorlar oddiy an’anaviy xolatda qabul qilinadilar. Ularni ta’siri oldindan ma’lum buladi. Masalan, korxonada ishlab chikarish dasturini yaratish.
Ijodiy - bu birinchi marta paydo bulayotgan anik taxlil talab qiluvchi ishni maxsus urgatilishini talab qiluvchi qarorlardir. Masalan, korxonaning ba’zi bir tarmoklari uchun solik siyosatini ishlab chikish.
5. Boshqaruv sub’ekt zaminida bor bulgan axborotni tulalik darajasiga qarab-aniklik, tavakkalchilik, noaniklik sharoitida qabul qilinishi mumkin bulgan qarorlar.
6. Muximligi buyicha - bir maxzali va kechiktirilgan qarorlar. Bir maxzali qarorlar raxbarda berilgan vaziyatni uylab kurishga, fikrlashga vaqt yo’qligida qabul qilinadi. Kechiktirilgan esa o’z vaqtida qabul qilinmagan qarorlardir.
7. Ushbu ob’ektga nisbatan - tashqi va ichki qarorlar tashqi qarorlar-yukori idofalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.
8. Mazmun va paydo bo’lishiga qarab - andozali va noandozali qarorlar. Andoza bu uni qabul qilinishi protsedurasi va qarorni tarkibi ishlab chiqilgan qarorlardir.
9. Ta’sir soxasi buyicha - umumiy va shaxsiy .
Umumiy qarorlar-barcha jamoaga ta’sir kursatadi. SHaxsiy qarorlar-bitta guruxda, bitta uchastkada bitta brigadada ishlatiladi.
10. Qarorni qabul qilinishi usuliga qarab- shaxsiy, boshqaruvchi va majmuaviy. SHaxsiy -ishchining o’zini mexnat faoliyati tugrisidagi qarorlardir. Boshqaruvchi-fakat firma raxbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardir. Majmuaviy qarorlar - bu jamoa tavsifiga ega qarorlardir.
Bizga ma’lumki qaror muammoli samarali xal qilishga qaratilgan buladi. Buning uchun avvalo:
1. Muammoga diagonz quyiladi.
2. Qarorning chegaralari va me’zoni aniklanadi.
3. Imkoniyatlar aniklanadi.
4. Imkoniyatlar solishtiriladi va baxolanadi.
5. Imkoniyatlardan biri tanlanadi.
Kengrok ma’noda boshqarish qarorlarini qabul qilish jarayoni quyidagi boskichlarni o’z ichiga kamrab oladi:
1. Axborot yigish. Zaruriy ma’lumotlarni yigish orkali muammoga, masalaga, qaror qabul qilish muxitiga aniklik kiritiladi.
2. Axborotni keraksiz ma’lumotlardan tozalash. Nozarur axborot qaror qabul qiluvchilarni asosiy yunalishdan chalgitadi.
3. Qarorni turli loyixalarini ishlab chikish. SHakllangan muammoga (masalan, cheklangan resurslarni taksimlash)ga nisbatan turli nuktainazarlarning mavjudligi qarorning turli loyixalarini ishlab chikishni takozo etadi.
4. Loyixalarni solishtirma taxlil qilish. Turli nuktai nazarlarni umumiy maxrajga keltirish uchun loyixalar solishtiriladi. Amalda bunday jarayon majlislar, yigilishlar kurinishida ruy beradi.
5. Xal qiluvchi tanlov. Loyxalardan birini tanlash jarayoni. Bu boskich qaror qabul qilish jarayonida muxim xisoblanib, unda raxbar xal qiluvchi urin egallaydi.
6. Qarorni joylarga yetkazish. Qarorni uning ta’sir doirasi (chegaralari) asosida joylarga yetkazish va uning ijrochilarida ma’suliyatni shakllantirish raxbarlarning boshqarish san’atini kay darajada egallaganliklariga bog’liq.
7. Qarorni bajarilishini nazorat qilish. Qarorni joylarga yetkazish bilan qaror qabul qilish jarayoni tugallangan xisoblanmaydi. Ushbu jarayon muammo xal bulganda yoki masala yechilgandagina tugallanadi. Nazorat qilish erishilgan natijalarni standartlar (qarordagi kursatkichlar) bilan solishtirishni, baxolashni nazarda tutadi.
Qarorlar muxokama yoki raxbar intuitsiyasi asosida qabul qilinishi mumkin. Qarorlarning samaradorligiga raxbarlarning xarakterlari, masalalarga yondoshishlari, muxitga aniklik kirituvchi axborotning mikdori va sifati bevosita ta’sir ko’rsatadilar.

masala yoki muammoga tegishli Axborotni yigish




Axborotni keraksiz ma’lumotlardan tozalash




qarorni turli loyixalarini ishlab chikish




loyixalarni muxokama qilish








xal qiluvchi tanlov




qarorni joylarga yetkazish




bajarilishini nazorat qilish




natija konikarligi




yo’q
xa

Ushbu masala yoki muammo buyicha qaror qabul qilish jarayoni yakunlandi

4.6-CHizma. Boshqarish qarorlarini ishlab chikish va qabul qilish texnologiyasi.


Qarorni bajaruvchilarga ma’lum qilishgandan keyin uni bajarilishini nazorat qilish va tekshirib borish kerak.


Nazoratni tashkil qilishda topshirikni bajaruvchilar orasida anik ifodalashga va taksimlanishi zarur. Nazoratni samaradorligi bajaruvchilarga asoslangan va anik topshirik berish xisobiga erishiladi. Bajarishni nazoratini tashkil etishda eng muxim shart qarorni bajarilishiga xamsona baxo berishdir. Ko’plab korxona va Tashkilotlar qarorni, buyruk va farmoyishni bajarilishini nazoratini kartotekalar yordamida xamda EXM yordamida amalga oshiradilar.
Tashkilotlarning murakkabligi, kelajakka nazar solishning zaruriyligi, tashqi muxitni o’zgaruvchanligi, amalda tajribalar utkazishning iloji yo’qligi menejerlardan ilmiy boshqarish usullarini bilishlikni, iktisodiy matematik modellardan foydalanishlarini takozo etadi.
Ilmiy boshqarish usuli raxbarlardan qaror qabul qilish va umuman boshqarish jarayoniga yondashishni talab etadi. Boshqarishga ijodiy yondashish boshqarishnazariyasining asosiy tushinchalari va usullaridan samarali foydalanishni imkoniyatini beradi (-chizma)
Ilmiy boshqarish usuli quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Tashkilotni ichki va tashqi muxitini kuzatish asosida zaruriy Axborotni yigish va taxlil qilish.
2. Kuzatuvlar asosida muammoni aniklash xamda ular orasidagi boglanishlarni urginish. Boshqarish nazariyasida buni gipotezani shakllantirish deyiladi.
3. Urnatilgan boglanishlarni (muammani strukturasi yoki modelini) tekshirish (gipotezani tekshirish). Agar, struktura yoki model notugri chiksa kushimcha Axborot yigiladi va unga aniklik kiritiladi.
4. Agar strukturani tugriligi isbotlansa, uni amalga oshiriladi (qaror kurinishida).



Axborotr tugrisida olimlar




kuzatish-Axborotni yi-gish va uni taxlil qilish

notugri

gipotezalarni shakllantirish kuzatishlar asosida muammoni tarkibiy kismlari orasidagi munosabatlarni urganish




gipotezani tekshirish va uni tugriligini aniklash

tugri

qaror yoki modelni amalga oshirish

chizma. Boshqarishning ilmiy uslubi.


Qarorni eng yaxshi turini tanlab olish va uni optimallashtirish uchun makbul rejalashtirish usuli, operatsiyalar buyicha izlanishlar olib borish usuli, tizimli taxlil, tarmokli boshqarish va rejalashtirish usuli, evristik va algoritimlik usullar ishlatiladi. Bu usullarni kiskacha mazmunini kurib chikasiz:


1. Maqbul rejalashtirish usulini xar xil shakllarini katta kismini muntazam dasturlash masalalari Tashkil etadi. Muntazam dasturlashni boshqaruvda ishlatilishini uxshash turlari quyidagilar xisoblanadi.
1) Ishlab chikarishni yiriklashtirilgan rejalashtirilish.
2) Maxsulot assortimentini rejalashtirish.
3) Texnologik jarayonlarni boshqarish chikindilarni eng kam mikdorga keltirish.
4) YAngi tashkilotni makbul joylashadigan maydonini aniklash.
2. Operatsiyalarni izlanish usuli. Ular yordamida son taxlili jarayonini amalga oshirish mumkin. Bunga ko’plab xizmat kursatish nazariyasini, matematik statistikani, extimollar nazariyasini kiritish mumkin. Ularni barchasi qarorni turli turlarini tuzishni va samaradorligini tanlab oshishni ko’zda tutadi. Ko’plab xizmat kursatish nazariyasi yordamida ishlab chikarish ichida mexnat unumdor ligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish xizmat kursatish jarayonini yaxshi Tashkil qilish xisobiga izlab topish mumkin.
3. Tizimli taxlil- raxbarga qaror qabul qilish jarayonida eng samarali yordam kursatish vositasi xisoblanadi. Umumiy kurinishda tizimli taxlilni boshqaruv soxasidagi yirik muammolar majmuasini yechish uslubiyati deb tavsiflash mumkin.
4. Tarmokli rejalashtirish va boshqarish ishlab chikarishni boshqarishda samarali ilmiy usuldir tarmokli rejalashtirish va boshqarish tarmokli modelini kurishga asoslangan. Ularni jarayonni barcha ishlarni bajarish vaqti buyicha anik boglashga xar kanday vaqtda topshirikni bajarishga ta’sir etuvchi muximrok ishlarini izlab topishga, amaldagi mexnat, material resurslarini tugri taksimlashga va jarayonni yaxshi borishi imkon beradi.
5. Evristik usullar-qaror qabul qilishni bu usuliga kiruvchi axborot yetarli darajada tula va anik emasligi xamda noma’lum extimolli natija tula va anik bulgan extimolli vaziyatlarda ishlatiladi.
6. Algoritmik usullar- bu qaror qabul qilish usuli yetarli xajmdagi axborotlar bulmaganda ish natijalarini avvaldan tuzilgan algoritm asosida ma’lum bulgan xollarda ishlatiladi.
Qarorlarni samaradorligini oshirish va boshqarishini ta’minlash uchun qabul qilishdagi tavakkalchilik shart-sharoitlarini mukammal taxlil qilmoklik zarurdir. Qaror qabul qilishdagi tavakkalchilik deb notugri qarorni xakliligi tushuniladi. Kelajak noaniklik bilan belgilanganligi tufayli barcha qarorlar tavakkalchilik bilan boglangandir.
Xatolarning turi buyicha tavakkalchilik rentabellilikda, daromadda xarajatlarda, aylanmada yoki tez sotilishda bo’lishi mumkin.
Tavakkalchilikda izlanishlar zarar va uning xajmini bir biri bilan takkoslash asosida amalga oshiriladi. Tavakkalchilik taxlili uni anglashdan iborat.
Tashkilotlarning murakkabligi, kelajakka nazarsolishning zaruriyligi qarorlar qabul qilishda menejerlardan ilmiy boshqarish usullarini bilishlikni, iktisodiy-matematik modellardan foydalanishlarini takozo etadi.
Ilmiy boshqarish usuli raxbarlardan qaror qabul qilish va umuman boshqarish jarayoniga ijodiy yondoshishni talab etadi. Boshqarishga ijodiy yondoshish boshqarish nazariyasining asosiy tushinchalari va usullaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Ilmiy boshqarish usuli quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Tashkilotning ichki va tashqi muxitini kuzatish asosida zaruriy axborotni yigish va taxlil qilish.
2. kuzatuvlar asosida muammoni aniklash xamda ular orasidagi boglanish-larni urnatish. Boshqarish nazariyasi fanida bu gipotezani shakllantirish deyiladi.
3. O’rnatilgan boglanishlarni (muammoning strukturasi yoki modelini tekshirish(gipotezani tekshirish). Agar, struktura yoki model notugri chiksa kushimcha axborot yigiladi va unga aniklik kiritiladi.
4. Agar strukturaning tugriligi isbotlansa uni amalga oshiriladi
Turli tashkilotlarni boshqarish buyicha qarorlar qabul qilishda ko’p xollarda modellarning quyidagi turlari qo’llaniladi:
1. CHiziqli rejalashtirish modellari.
2. Dinamik rejalashtirish modellari.
3. Statistik modellar.
4. O’yinlar nazariyasi modellari.
5. Immitatsion modellar va x.k.

Yüklə 352,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin