1. Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari


Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar



Yüklə 164,5 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü164,5 Kb.
#164220
1   2   3   4   5   6
boshqaruv mehnatining o\'ziga xos xusisyatlari

4. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar

Menejer ishini rejalashtirish va tashkil qilishda maxsus qurollardan foydalaniladi.


Vaqtning kundaligi - bu ishni boshqarishning uni soatlar bo'yicha bajarilishini rejalashtirish, umumiy maqsadning bir qismi sifatida kundalik vazifalarni belgilash va ulardan eng muhimlarini ajratishga imkon beruvchi vositadir.
Kundalik maxsus papka - tez taqqichdan tashkil topadi, unga foydalanuvchi ning istagi bo'yicha maxsus varaqachalar, grafiklar, jadvallar va moliyaviy hisobatlar solib qo'yilishi mumkin. Varaqachalarda yillik rejalar (uzok muddatli rejalar haftalar bo'yicha kiritilgan kataklarga ajratilgan setka) va barcha ishlar yarim saotgacha aniqlik bilan taqsimlangan kunlik rejalar mavjud bo'ladi. Shunday qilib, kundalik dasturning har bir bandini kengroq vaqtli vazafalar bilan solishtirish mumkin. Avval tegishli kataklarni to'ldirish va kerakli ishlarning ro'yxatini tuzish uchun qat'iyat va intizom talab qilinadi. Ammo bu ro'yxatni tuzish, oldinda turgan vazifalar va faoliyat turlarini ranjirovkalash mehnatni tashkil qilishni yaxshilash va vaqtdan foydalanishni ratsionallashtirishga yordam beradi.
Vaqtning kundaligi shaxsiy ishchi kartotekasidan iborat bo'lib, unga alohida varaqlar tikilgan va u o'zining ko'rgazmaliligi bilan qulaydir. U bir vaqtda stol kalendari, shaxsiy kundalik, yon daftarga, rajalashtirish va nazorat qilish quroli, manzillar ro'yxati, ma'lumotnoma va g'oyalar kartotekasi bo'ladi.
Vaqtning kundaligi yana har kuni foydalaniladigan barcha kunlik rejalar, xizmat daftari va varaqlarning ishchi jamlovchisidan iborat bo'ladi.
Vaqtning kundaligi - bu shaxsiy maqsadlarga erishish, vaqtdan samarali foydalanish uchun qo'shimcha vositadir. Uning yordamida nafaqat barcha qisqa va uzoq muddatli vazifalar haqidagi, balki barcha rejalar va loyihalar haqidagi to'liq tassavvurni olish mumkin.
Vaqtning kundaligi quyidagi tuzilishga ega. Kalendar qismida oylik, haftalik va kunlik rejalar uchun har xil ishchi daftarchalar joylashadi. Kunlik rejaga alohida ahamiyat beriladi: bir kunga bir varaq. Bu yerda yana tegishli oylar va xaftalar bo'yicha mulohazalar uchun varaqlar ham bo'ladi, ular muddatlarni boshqa davrlarga kuchirishni yengillashtiradilar. Bu varaqlarni foydalangandan keyin tikish mumkin.
Yangi "kiruvchi" kundalik varaqlarda haftalik va oylik varaqlardan barcha muddatlar ko'rsatilishi kerak. Ularga tegishli varaqlardan sanalar-to'lovlar, ta'tilga ketish kunlari, tug'ilgan kunlar, shu jumladan qo'l ostidagilarniki ham ko'chiriladi. Shunday qilib, kundalik muntazam ravishda to'ldirilgan holda hech nima yo'qolmaydi va esdan chiqmaydi.
Xizmat va xususiy ishlar bo'limida (tegishli varaqlar va ishchi daftarlarda) quyidagi axborotlarni yozish va doimo o'zi bilan olib yurish mumkin:

  • yarmarkalarni o'tkazilishi muddati;

  • kitoblar ro'yxati;

  • poezdlar va samalyotlarni harakatlanish jadvali;

  • tug'ilgan kunlar ro'yxati;

  • rejalashtirish uchun universal varaqlar; g'oyalarni yozish uchun varaqchalar va x.k.

Manzillar va telefonlar bo'limida ko'pincha foydalanishga to'g'ri keladigan telefon raqamlari va manzillar yoziladi.
Yana umumiy qism mavjud bo'lib, unga, hamyon kabi, pochta markalari, foto suratlar, chek daftarchalari va pullarni joylashtirish mumkin.
Vaqtning kundaligidan foydalangan holda har kun (hafta, oy)ni muvaffaqiyatli rejalashtirish, o'z ishini tashkil qilish mumkin. Uni qo'llash tufayli ishning sifati oshadi, har kuni bir soatga yaqin ish vaqti tejaladi.
Taymirlash tizimiga ega kundalik ham kundaliklarning turli tumanligi bo'ladi, u o'z ichiga yil, oy, haftalik kundalikni oluvchi simli halqalardagi bukletlardan iborat bo'ladi. Bundan tashkari har bir kun yarim soat oralig'i bilan yozib qo'yilgan. Bu tizim menejerga quyidagilarga imkon berdi:
-hayotiy rejalar va uzoq davr (yil)ga rejalarni o'ylab ko'rish va tizimlashtirish, ularni bosqichma bosqich (oylar, haftalar va x.k. bo'yicha) bajarilishini rejalashtirish;
- boshqa ishlarga chalg'imasdan, qabul qilingan rejalarga aniq rioya qilish.
Ushbu maqsadda yana ma'lumotlarning ixcham bazasidan iborat bo'lgan katta shaxsiy "Folifaks"dan ham foydalanish mumkin. "Folifaks" qo'yidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
• shaxsiy ma'lumotlar (schetlar, mashinalar, sug'urta va x.k. ning raqamlari);

  • kundalik;

  • yillik (butun kalendar yiliga);

  • yon daftarcha - bloknot;

  • axborotlar;

  • shaxsiy moliyalar;

  • manzillar kitobchasi;

  • vizitkalar, hujjatlar va pullar uchun plastikli hamyon.

Shunday qilib, "folifaks" menejer hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi va unga muammolarni hal qilishda yordam beradi. Shu bilan birga "folifaks" o'zida jiddiy xavfni yashiradi - agar menejer uni yo'qotsa, unda ko'pgina axborotlarni yo'qotadi.
Jahonda keng tan olingan menejer vaqtini rajalashtirish va boshqarishning bir necha aniq tizimlari mavjud. Ulardan biri - bu Yevropada 1 -reytingga ega "Taym Menejer" tizimidir. U birinchi marta Time Manager International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, bu kompaniya menejment va shaxsiy rivojlanish sohasida Yevropada yetakchi bo'lib, 1975 yilda Daniyada tashkil topgan.
Taym Menejerda hamma narsa ham mazmuni va ham shakli bo'yicha mayda-chuydasigacha o'ylab ko'rilgan. Bundan tashkari mahsulotning keng navlari tufayli Taym Menejerni har qanday shaxsiy so'rovlarga moslashtirish mumkin. Masalan, Taym Menejerning uchta bazaviy variantlari: standartli, maxsus va "rahbar" mavjud. Ularga kiruvchi blankalar va jihozlar majmuasini o'zgatirib va to'ldirib Taym Menejerning bu bazaviy variantlarni istalganini faoliyatning u yoki bu belgalangan turiga maxsus mo'ljallangan turli tumanligiga aylantirish mumkin. Masalan, savdo vakili, kotib, loyiha rahbari, ilmiy xodim, yuqori bo'g'in boshqaruvchisi va h.k.

Yüklə 164,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin