1. Boshqaruv ob‘yektiv zaruriyat va maqsadga yo’naltirilgan jarayon sifatida



Yüklə 26,85 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü26,85 Kb.
#159026
  1   2   3   4
qurilishda 46 mavzu


Reja:
Kirish
1. Boshqaruv ob‘yektiv zaruriyat va maqsadga yo’naltirilgan jarayon sifatida.
2. Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari.
3. Qurilishni boshqarish zamonaviy tizimi va organlari.
4. Pudrat tashkilotlari va firmalari - qurilishni boshqarishdagi asosiy bo’g’inlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boshqaruv ob‟yektiv zaruriyat va maqsadga yo’naltirilgan jarayon sifatida


Jamiyat paydo bo’lgandan buyon va sivilizatsilashgan darajaga o’tgandan beri iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot tizimiga, shu jumladan materiallarni va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga tayangan holda rivojlangan. Odamlar jamoasidan farqli o’laroq tabiat ham, texnika ham, ongli jarayonni boshqarish bo’yicha hech qanday ish olib borolmaydi. Demak boshqaruv – bu chuqur tahlilni, ishlanmalarni va ma‘lum maqsadlarni to’g’ri qo’yishga qaratilgan, makon va zamonda to’xtovsiz amalga oshiriladigan maqsadga yo’naltirilgan jarayondir. Lekin boshqaruv biror narsa yoki birov tomonidan boshqarilsagina vujudga keladi. Bu asnoda boshqarish haqidagi fan, boshqaruv sub‘ekti va ob‘yekti tushunchasini kiritadi. Boshqaruv sub’ekti - bu jismoniy yoki yuridik shaxs bo’lib, hukumat organlari tomonidan va amaldagi qonunchilik bo’yicha berilgan vakolatlar bo’yicha ta‘sir o’tkazish imkonitiga ega bo’ladi. Boshqaruv ob’yekti – bu boshqaruv sub‘ektining ta‘sir o’tkazish (boshqaruv ta‘siri) ob‘yekti bo’lib, huquqiy va jismoniy shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ishlab chiqarish va xo’jalik tizimlari boshqaruv ob‘yekti bo’la oladi. Menejment, boshqaruv sub‘ekti va ob‘yektisiz, ham fan sifatida, ham xo’jalik amaliyotida o’zining mazmuni va mohiyatini yo’qotadi.Boshqarish jarayoni, qaysi darajada bo’lmasin davriy va bir vaqtning o’zida uzluksiz hisoblanadi. Uzluksizlik bir ~ 79 ~ vaqtning o’zida va ketma-ket amalga oshiriladigan ko’plab sikllarni bajarishda vujudga keladi. Boshqarish sikli maqsadlarni ishlab chiqishdan boshlanadi va ularga erishish bilan yakunlanadi. Bunday siklning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
 maqsadlarni rejalashtirish;
 qabul qilingan qarorlarni yoki maqsadli funksiyalarni tartibga solish;
 erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash;
 yangi boshqaruv qarorlarini tanlab olish va belgilab olish.
Bu hamma sikllar uchun asosiy bo’lib boshqarish ta‘siri hisoblanadi. Aynan ta‘sir qilish - boshqaruvning asosidir. Ta‘sir qilish, ya‘ni boshqaruv ta‘sirini o’tkazish samarali bo’lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish lozim:
1. Boshqaruvchi yoki boshqariluvchi tizimlar singari boshqaruv ob‘yekti va sub‘ekti o’zaro bir-biriga sabab-oqibat munosabatlari orqali bog’liq bo’lishi kerak.
2. Boshqarayotgan tizimda boshqarish maqsadi aniq bo’lish kerak. Boshqarayotgan tizim boshqarish ob‘yektining holati haqidagi axborotlarni - faoliyat natijalari, muhitning o’zgarishi kabilarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
3. Boshqarish ob‘yekti boshqarish ta‘sirlarni qabul qila olish, o’zlashtirish va qo’yilgan vazifani mazmuniga mos ravishda bajara olish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Boshqarish normasida, odatda, boshqarish samaradorligini ta‘minlash sharti bilan bitta rahbar yoki boshqaruv organiga bo’ysunadigan ishlovchilar yoki bo’linmalar soni belgilanadi. Bu qonuniyatlardan bir qator oqibatlar kelib chiqadi. 1. Oddiy boshqaruv organlari yordamida murakkab ob‘yektlarni boshqarish mumkin emas.
2. Boshqaruv samaradorligi boshqarish apparati xodimlari miqdoriga bog’liq bo’lar ekan, boshqaruv xizmatining optimal miqdoriga erirish lozim.
3. Ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv darajalarining ratsional tabaqalashuviga erishishi kerak. Ohirgisi quyidagi sxema tarzida ko’rish mumkin. Qurilish boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalar kabi dinamik (o’zgaruvchan) va ochiq tizim bo’lib, tashqi muhit bilan, ya‘ni har xil sohadagi korxonalar va tashkilotlar bilan yakuniy qurilish tovarlari yaratilishida to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita aloqaga kirishuvchi tizimdir. Bu esa o’z navbatida bir qator qonuniyatlarga rioya etishni talab qiladi. Bular qatoriga qo’yidagilarni kiritsa bo’ladi:
a) boshqaruvning ob‘yektivligi ya‘ni boshqaruv ta‘siri insonlarning irodasi va tafakkuridan qat‘iy nazar namoyon bo’ladi.
b) boshqaruvning zaruriyligi – sabab-oqibat munosabatlarining vujudga kelishi. Bunda bir hodisaning o’zgarishi boshqa bir hodisaning o’zgarishini kelirib chiqarishi mumkin yoki keltirib chiqaradi.
v) Boshqarish jarayonida boshqarish ta‘sirining vazifasi.
g) Boshqarish qonuni, tabiat, jamiyat va ong rivojlanish qonuni bilan mosligi. ~ 80 ~ Boshqarishning ob‘yektiv zarurligi mavqe teoriyasi kabi va xo’jalik amaliyotida ham albatta belgilangan qonuniyatlarni, shartlarni, sub‘ekt bilan oyu‘ekt boshqarishning o’zaro nisbatlari ramkalar bilan chegaralab qo’yish mumkin emas. Boshqarish fan kabi ko’p aspektlarni o’z ichiga oladi:
 Tashkilot boshqarmasi va ish boshqarmasi.
 Texnologiya boshqarmasi ya‘ni informatsion ta‘minlash boshqarmasi va qarorlarning qabulqilinishi.
 Kadrlar boshqarmasi metodlari va boshqarish usuli.
 Ishlab chiqarilayotgan tovar sifatining boshqarmasi.
 Loyiha tizim boshqarmasi va h.k.
Shuni alohida ta‘kidlab o’tish kerakki, bu jihatlar har bir soha bo’yicha o’zgarishga uchrashi yoki yechim usullariga ega bo’lishi mumkin. Va bu tomondan qurilishni boshqarish undagi boshqarish maqsad funksiyalari umumjamiyat ishlab chiqarishini boshqarishdagilari bilan bir xil bo’lsada, boshqa sohalardan o’zining ixtisoslashishi va birinchi navbatda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatlaridan kelib chiqib sezilarli darajada farq qiladi.


Yüklə 26,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin