2. Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari Oldin aytib o’tishgandek, qurilish – bu dinamik sistema. Bu sistemaning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishi ham ichki imkoniyatlar va resurslarga, ham tashqi muhitga bog’liq. Amaliyotda tashqi muhit va avvalambor qurilish tashkilotlarining buyurtmasilar mablag’lariga bog’liqligi tizim sifatida boshqarish samaradorligiga jiddiy ta‘sir qiladi. Bu esa o’z navbatida, ko’pincha qurilishdagi boshqarish maqsad funksiyalariga jiddiy ta‘sir ko’rsatadi v ko’p hollarda boshqarishning oldindan berilgan parametrlariga ma‘lum o’zgarishlar kiritishni talab qiladi. Lekin bu bilan maqsad funksiyalari o’zgarmaydi. Tabiiyki, maqsad va vazifalarsiz boshqarish bo’lmaydi. Boshqarish, doim fan xususiyatlariga ega bo’ladi. Bundan kelib chiqib, boshqarish maqsadi deganda, nafaqat qurilish balki, bugun jamoat amaliyotida, erishilishi zarur bo’lgan qandaydir ideal, oldindan berilgan natijani tushunish kerak. Qurilishda – bu ob‘yektni ekspluatatsiyaga berish, uni buyurtmachi (investor)ga topshirish va ko’zlangan foydani olish. Bu maqsad esa biz hohlaganimizdek oson, tez va muammolarsiz ham bo’lmaydi. Qurilishda boshqarish ko’p maqsadli xususiyatga ega bo’ladi. Har bir maqsadga ma‘lum talablar qo’yiladi, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Maqsadning ilmiy va amaliy asoslanganligi;
Maqsadning aniqlanganligi, ifodalanganligi va yo’naltirilganligi;
Amalga oshirish imkoniyatlari va sharoitlarini hisobga olinishi, ya‘ni qo’yilgan maqsad amalga oshiriligi darajasi. Amaliyotda qo’yilgan maqsad uni bajarish usullari sifatida namoyon bo’ladigan masalalar bilan aniqlashtiriladi. SHuning uchun boshqaruv yechimlarini aniqlashda maqsad va masalalar yonma-yon keladi, bir birini to’ldiradi. O’z ~ 81 ~ mohiyatiga ko’ra esa masala (masalalar) – bu echilishi kerak bo’lgan masalalar, shuningdek bu yechim uchun zarur bo’lgan sharoitlar to’plamidir. Qurilishda boshqarishning asosiy masalalari quyidagilar:
Ilmiy-texnik progressni tezlashtirish va ishlab chiqarishga mahalliy va xorijiy qurilish amaliyotining zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish;
Mashina texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni kkeng qo’llash va shu asosda qurilishda qo’l mehnati hissasini qisqartirish;
qurilayotgan binolar industrial darajasini oshirish, ular sifatini oshirish va qurilish muddatlarini qisqartirish;
resurslar tejamkorligini ta‘minlash va har qanday yo’qotish va noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
kapital qurilishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash. Boshqarish maqsad va masalalardan uning vazifalarini farqlash kerak. Boshqarish vazifalari boshqarish mexnizmining taqsimlanishi jarayonidagi boshqarish faoliyati turlaridan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, boshqarish, tizim sifatida, faqat boshqarish vazifalari bajarilgan holdagina muvaffaqiyatli amal qiladi. Ilmiy tasniflashga muvofiq qurilishdagi boshqarish vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Rejalashtirish q qurilish ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadi va masalalari tizimini aniqlab olish;
2. Prognozlashtirish - qurilish amal faoliyati va rivojlanishning ehtimoliy maqsadlarini aniqlash;
3. Tartiblash - qurilish sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatidagi chetlanishlarni yo’qotish jarayoni;
4. Tashkillashtirish – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim elementlarini asoslash va tanlab olish, shuningdek ular orasida mutanosiblikni o’rnatish;
5. Nazorat – faoliyatning joriy ko’rsatkichlari va o’rganilgan masala va dasturlarning mos kelish darajasini aniqlash;
6. Hisob va tahlil – ma‘lumotlarni yig’ish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, xulosalar chiqarish va ishlab chiqarish tizimi faoliyatini baholash.
7. Ijobiy yutuqlarni qo’llab-quvvatlash. Yuqoridagi umumiy vazifalardan tashqari qurilishda ishlab chiqarish sikllari, qurilish jarayonlari, yo’nalganligi – faoliyat ko’rsatish va perspektiv rivojlanishga qaratilgan, aloqalar – ichki va tashqi va boshqa qurilishni boshqarishning maxsus funksiyalari umumiylarini to’ldiradi va rivojlantiradi.