91. Korxonaning moliyaviy rejasi
Moliyaviy reja bu biznes-rejaning yakunlovchi bo‘limidir. Unda korxona faoliyatini moliyaviy ta‘minlash hamda mavjud pul mablag‘laridan joriy moliyaviy axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Aynan shu bo‘limdan investor yoki bankir olish mumkin bo‘lgan foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potentsial qarz oluvchining o‘z qarzini qaytarish uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin.
Moliyaviy reja biznes-reja bilan bir xil muddatga ishlab chiqiladi. mavjud tavsiyalarga ko‘ra uni 3-5 yilga ishlab chiqish ma‘qul. Bunda dastlabki yil uchun rejadagi ko‘rsatkichlarni oylar bo‘yicha, ikkinchi yil uchun choraklar bo‘yicha va keyingi davr uchun yillar bo‘yicha guruhlarga taqsimlash maqsadga muvofiq.
92. Daromad va xarajatlar balansi. Aktiv va passivlar balansi
Daromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig‘ma balansini turadi. Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo‘lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo‘ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganiladi. Korxonaning o‘zi uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak bo‘ladi.
93. Ishlab chiqarish xarajatlari, soliq va to‘lovlar.
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Dostları ilə paylaş: |