3.1 - chizma. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan tayyor mahsulotlar hisobini xujjatlashtirishning sxematik ko‘rinishi.
Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning o‘zida bir qancha turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan biri yoki bir qancha turi asosiy (maqsadli) turga tegishli bo‘lsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan tayyor mahsulotlar hisobi buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda dastlabki va yig‘ma xujjatlarda aks ettiriladi (4-chizma). Jumladan material xarajatlar - yuk xati (talabnoma), material qiymatliklarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari bilan, mehnat haqi - tabel, bajarilgan ishlarni topshirish va qabul qilish dalolatnomalari bilan, chet tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan ish va xizmatlar - bajarilgan ish va xizmatlar bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomalari bilan, asosiy vositalar amartizatsiyasi - buxgalteriya ma’lumotnomalari va boshqa tegishli xujjatlar bilan rasmiylashtirilib yig‘ma xujjatlar, xisob registrlariga tushiriladi.
4. Tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi.
Budjet tashkilotlarida mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajat¬lar 090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotida aks ettiriladi. Bu subschyotning debet tomonida mahsulot (ish va xizmatlar)ni xaqiqiy tannarhi, kredit tomonida qabul qilingan mahsulot(ish va xizmatlar)ni reja tannarhi bo‘yicha kirimi, tannarh tafovuti yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
4.1 – chizma. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishning sxematik ko‘rinishi
090 –“Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi. Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) yuritiladi. Buxgalteriya o‘tkazmalari:
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Dt
|
Kt
|
Asos bo‘luvchi xujjat
|
1
|
Mahsulot (ish va xizmatlar ishlab
|
090
|
06 schyotning
|
Yuk xati(talabnoma),
|
2
|
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga ish haqi hisoblanganda
|
090
|
173
|
Tabel yoki dalolatnomalar
|
3
|
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov ajratmalari hisoblanganda
|
090
|
161
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi
|
4
|
Boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqarishda hizmatlar ko‘rsatilganda
|
090
|
15 schyotning tegishli subschyotlari
|
Bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasi
|
5
|
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda
|
090
|
02 schyotning tegishli subschyotlari
|
Buxgalteriya raschyotlari, ma’lumotnomasi
|
6
|
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonida bilvosita (umumishlab chiqarish xarakteridagi xarajatlar) taqsimlanganda
|
090
|
210
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi
|
7
|
Ishlab chiqarish jarayoni natijasida mahsulot hisob (reja) tannarhida qabul qilinganda
|
050
|
090
|
Yuk xati, kirim orderi
|
8
|
Mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarish reja tannarhi bilan haqiqiy tannarhi o‘rtasida salbiy tafovut aniqlanganda (reja tannarhi past, xaqiqiy tannarhi yuqori)
|
050
|
090
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi
|
9
|
Mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarish reja tannarhi bilan haqiqiy tannarhi o‘rtasida salbiy tafovut aniqlanganda (reja tannarhi yuqori, xaqiqiy tannarhi past) – farq summa qizil yozuvda aks ettiriladi
|
050
|
090
|
Buxgalteriya ma’lumotnomasi
|
Dostları ilə paylaş: |