Uyqu vaqtida bu ikkala davr o‘zaro almashib turadi. Chaqaloqning uyqusi o‘ziga xos bo‘lib, uning asosiy qismini tez uyqu tashkil qiladi. Bu davrda bola uyqusida jilmayishi, oyoq-qo‘lini harakatlantirishi mumkin. Ulg‘aygan sari uyquning sekin davri ko‘payib, bola yanada tinchroq uxlay boshlaydi.