Bezovta uyquning asosiy sabablari:
bolaning qorni to‘ymasligi — ochlik;
qorin dam bo‘lishi;
ortiqcha his-tuyg‘ular;
noqulay uyqu sharoiti;
organizmdagi kasalliklar;
intrakranial bosimning oshishi.
Qorin to‘ymasligi
Ona suti bilan oziqlanadigan bolalar ovqatlanish uchun har 1—3 soatda uyg‘onadi, sun’iy aralashmalarda har 2—5 soatda ovqatlanadi, chunki oshqozon-ichak trakti uchun bo‘tqaning hazm jarayoni uzoqroq davom etadi. Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan kichkintoylarni ularning talabi bo‘yicha parvarishlash tavsiya etiladi. Bu bolaning oziqaviy ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki tinchlanishini ham ta’minlaydi. Ona bolasini ortiqcha ovqatlanishidan qo‘rqmasligi kerak, ular hech qachon kerakli miqdoridan ko‘p ovqat yemaydi.
Bolaning qorni tez ochganligi uchun ham tez-tez uyg‘onadi. Bunga onadagi sutning kamligi sabab bo‘lishi ham mumkin. Ushbu vaziyatda bola uyqusida bezovta bo‘ladi, bundan tashqari, oziqa yetishmasa, vazni yetarlicha ko‘paymaydi, peshob chiqarishi kamayadi va terining qurishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |