1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə120/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga hafta va hafta kunlarining sanog`i tushunchalarini idrok qilsihga o`rgatish.

2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Predmetlar yordamida o`rganilgan sonlar taqqoslanadi.Sonlar ketma ketligi aytiladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu “Hafat. Hafta kunlari va sanog`i” tushunchalarini idrok etish ekanligi aytib o`tiuladi.

Darslikning 42-sahifasida berilgan mavzu asosida suhbat o`tkaziladi.O`quvchilarning har bir harakati vaqt bilan o`lchanishi, bu vaqtni to`g`ri taqsimlay olish, vaqtdan unumli foydalanishni o`rganish kabi tushunchalarni yoritish kerakligi aytiladi. Har kuni biz ertalab uyg`onamiz va kun bo`yi rejalashtirilgan ishlarimizni bajaramiz va kun botishi bilan bir kunlik faoliyatimiz, umrimiz o`tishi tushuntiriladi. Har dushanba kuni maktabga otlanishimiz, olti kun ta`lim-tarbiya olib, bir kun dam olishimiz aytiladi. Mana shu yetti kunlik vaqt hafta deyilishi tushuntiriladi. Demak, bir haftamiz yetti kunni tashkil etar ekan. Hafta kunlarining har birining o`z nomi bor. Bular: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba. O`quvchilarga har bir tushuncha misollar bilan yoritib beriladi. Har bir vaqtimiz soat bilan o`lchanishi aytiladi.O`quvchilar ham maktabga kelishlaridan oldin nima qilishlari haqida aytib o`tishadi. Bu bilan ular bu tushunchalarni o`z o`rnida qo`llayotganligini aniqlaymiz.1-misol og`zaki tushuntiriladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi vazifalar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 42-sahifasida berilgan 2-misol og`zaki bajariladi.

5>4 7<8 9>8 8<7 9>5 9=9 7>6 6<7

3-misolda berilgan shakllar ketma-ketligi haqida suhbat o`tkaziladi. Ranglar haqida tushuncha beriladi.

4-misol o`quvchilar bilan doskada bajariladi.

9+1=10 10-1=9 8+2=10 10-2=8 7+3=10 10-3=7

5-misol ham doskada ishlanadi va daftarlariga yozdiriladi.

2+1=3 3+1=4 4+1=5 5+1=6 6-1=5 5-1=4 4-1=3

“Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

41-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin