1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash, qo`shiluvchilarning noma`lum qo`shgiluvchini topishga oid bilimlarini rivojlantirish. 2) O`quvchilarni mehnatsevarlikka, do`stklikka .o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.sinf 3 guruhga bo`linadi. Har bir guruhga alohida misollar ustuni yozilgan bo`ladi. Har bir guruhdan navbatma-navbat o`quvchilar chiqib misollarni pastdan yuqoriga ishlab chiqadilar. Kim birinchi shoxsupaga chiqsa shu guruh g`olib sanaladi. O`yin vaqtida tartib-intizomga ham alohida e`tibor beriladi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`qituvchi tabiiy amteriallar yordamida mavzuni tuyshuntirishga harakat qiladi. Bizga jami 7 ta olma berilgan. Ularni 2 ta likopchaga taqsimlaymiz. 1-likopchaga 3 ta olma qoyildi. 2-likopchaga nechta olma qo`yilgan? 7-3=4 ta Noma`lum qo`shiluvchini topish uchun yig`indidan qo`shiluvchilarning birini ayirish lozim. Predmetlar yordamidabir necha bor mavzu tushuntiriladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 70-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 1-misol tushuntirish bilan bajartiriladi. 7+3=10 3+6=9 8+2=10 3+6=9 5+2=7 4+2=6 2-masala rasmlar asosida bajariladi. Do`kondan 8 karam sotib olindi. Bir nechtasini ishlatgandan song, 6 ta karam qoldi. Nechta karamm ishlatilgan? 8-6=2 ta ishlatilgan. Shu o`rinda karam foydali sabzavot ekanligi, karamdan tayyorlanadigan mahsulotlar haqida aytib o`tiladiu. Karam haqidagi topishmoq eslatiladi. Qat-qat tonli, Qarich bo`yli. (karam) 3-misol doskada va daftarlarga ishlanadi. 9-9=0 9-7=2 6+3=9 7-1=6 8-4=4 5+4=9 4+3=7 7-5=2 4-misolda berilgan jadvl asosida misol tuziladi va yechiladi. 8-3=5 9-4=5 7-5=2 10-2=8 5-3=2 8+2=10 6-0=6 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 69-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |