1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash, qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirish bilan yig`indi o`zgarmasligi haqida tushuncha berish. 2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatih. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.sinf 3 guruhga bo`linadi. Har bir guruhga alohida misollar ustuni yozilgan bo`ladi. Har bir guruhdan navbatma-navbat o`quvchilar chiqib misollarni pastdan yuqoriga ishlab chiqadilar. Kim birinchi shoxsupaga chiqsa shu guruh g`olib sanaladi. O`yin vaqtida tartib-intizomga ham alohida e`tibor beriladi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. O`qituvchi tabiiy amteriallar yordamida mavzuni tuyshuntirishga harakat qiladi. O`ng qo`limda 3 ta rucha, chap qo`limda 2 ta ruchka bor . Jami menda nechta ruchka bor? 3+2=5 ta Ana endi bu ruchkalarning o`rnini almashtiraman.O`ng qo`limga 2 ta ruchkani, chap qo`limga 3 ta ruchkani olaman. Jami nechta ruchka bo`ldi? 2+3=5 ta Ko`rdingizmi bolalar, qo`shiluvchuilarning o`rnini almashtirganimiz bilan, yii`g`indi o`zgarmas ekan. O`quvchilarga darslikdagi rasm asosida ham tushuncha beriladi. 2+1=3 2+1=3 IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 69-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 1-misol tushuntirish bilan bajartiriladi. 5+4=9 4+5=9 5+2=7 2+5=7 6+3=9 3+6=9 2-misolda bo`sh kataklar to`ldirtiriladi. 8+2=10 2+8=10 8+1=9 1+8=9 7+2=9 2+7=9 3-masala o`qituvchi hamkorligida bajariladi. Avval 3 ta gilos, keyin 2 ta gilos uzib oldim. Nechta gilos uzdim? 3+2=5 ta Avval 2 ta gilos, so`ng 3 ta gilos uzdim. Nechta gilos uzilgan? 2+3=5 ta 4-misolda berilgan shakllar yordamida taqqoslash bajariladi. 2<3 3>2 3=3 1=1 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 68-dars
3> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |