1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə402/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

Matematik diktant o`tkaziladi.

III.Mavzu bayoni:

O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. O`quvchilarga 1-masala o`qittiriladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarning matolar nimalardan olinishi, tikuvchilik kasbi haqida tushuncha beriladi.

Bor edi -50m

Qirqib olindi- 20 m

Qoldi-? M

Yechish: 50-20=30 (m)

Javob: To`pda 30 m mato qolgan.

2-misol musobaqa tarzida mustaqil bajarish uchun beriladi. Birinchi ishlab kelgan 6 ta o`quvchining daftarlari tekshiriladi va baholanadi.

83+17=100 67-32=35 28+72=100 50+14=64

IV. Mustahlkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar doskada va daftarda ishlanadi.

3-misol doskada bajariladi

56-6=50 49-9=40 58-8=50 43-3=40 97-7=90 53-3=50

4-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart asosida masala tuziladi va yechimi topiladi.o`quvchilarni hunar o`rganishga qiziqishlari oshiriladi..

1-qavatda-24 ta

2-qavatda-26 ta, ? ta ko`p

Yechish: 26-24=2 (ta)

Javob:2-qavatda 2 ta ko`p xona bor

5-masala amaliy bajartiriladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 148- betdagi 6-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

155-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin