1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, mehnatsevarlikka o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Matematik diktant bajartiriladi.. III.Mustahkamlash : O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. O`quvchilarga 12-masalaning sharti o`qitiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladii. Shu o`rinda o`quvchilarga O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalar nomilarini so`rash orqali milliy g`urur tuyg`usi shakllantiriladi. Yuk avtomobili-49 ta Yengil avtomobil-?, 9 ta kam Hammasi-? ta Yechish: 49-9=40 (ta) 49+40=89 (ta) Javob: Avtosaroyda 89 ta mashina turibdi. 13-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 34+20 48+32 50-20 70-30 54+20 78+10 27-12 66-26 10-masalada rasm asosida masala tuziladi va yechimi topiladi, tarbiyaviy tomoni yoritiladi. Bor edi -30 kg va 27 kg Ishlatildi-42 kg Qoldi- ? kg Yechish ( 30+27) -42=57-42=15 (kg) Javob:Bidonda 15 kg yog` qolgan 15-misol matematik diktant shaklida yozdiriladi. (46+30)-36=40 (56+20)-26=50 16-misol o`yin tarzida mustaqil bajartiriladi. Marraga kim birinchi kelishi aniqlanadi. 46+30-26+48-8=90. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 151- betdagi 17-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 158-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |