1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning100 ichida qo`shish va ayirishga doir egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`lchov kattaliklari va ular bilanishlashga doir misol va masallar yechish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 100 ichida sonlarni qo`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Mustahkamlash : O`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamalsh darsi e`lon qilinadi. 18-misol doskada va daftarda bajariladi.Amallar tartibiga rioya qilgan holda misollarning javoblari aniqlanadi. 50-(55-5) 85-(75-70) 29+(61-60) 50+(20+20) 70+(20+10) 93-(73-40) O`quvchilarga 7-masalaning sharti o`qitiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Q izil koptoklar-37 ta Sariq koptoklar- ? ta 87 ta. Yechish: 87-37=50 (ta) Javob: Sariq koptoklar- 50 ta 20-misol musobaqa tarzida doskada bajartiriladi. Sinf 3 guruhga bo`linadi. Qaysi qator to`g`ri va tez ishlasa, rag`batlantiriladi. 69-18 60+28 76-63 46+22 57-32 58-22 21-masaladagi rasm asosida masala tuziladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart asosida masala tuziladi va yechimi topiladi. 4 6 kg 34 kg 100 kg ? kg Yechish: 100- (46+34)=100-80=20 (ta) Javob: Uchinchi qopda 20 kg sabzi bor 22-misol mustaqil ish tarzida topshiriladi 90>80 60<70 76>67 22=22 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 152- betdagi 23-misolni ishlab kelish topshiriladi..O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.Dars yakunlandi.
159-dars
70> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |