1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilarga o`lchov birliklari, to`g`ri chiziq kesmasi, kesmaning uzunligini o`lchashni o`rgatish. 2) O`quvchilarni Vatanni sevishga, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga o`rgatish.; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish, to`g`ri chiziq kesmasini chizish ko`nikmasini rivojlantirish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Predmetlar yordamida o`rganilgan sonlar taqqoslanadi.Sonlar ketma ketligi aytiladi. Matematik diktant o`tkaziladi. 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni yozing. 3 biln 5 ni taqqoslang. 7 bilan 6 ni taqqoslang. 5 bilan 2 ning yig`indisini hisoblang. 10 bilan 4 ning ayirmasini hisoblang. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu “Tog`ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzunligi” tushunchalarini idrok etish ekanligi aytib o`tiuladi. To`gri chiziqda ixtiyoriy ikki nuqta belgilaymiz va shu nuqta oraligi`ni chizg`ich yordamida o`lchaymiz. Tasavvur qiling, mana shu tasma doskadagi chiziq ( o`qituvchi doskadagi to`g`ri chiziq bilan baravar tasmani o`quvchilarga ko`rsatadi.). Doskadagi ikkita nuqta orasidagi masofa qancha bo`lsa, shuncha uzunlikdagi tasmani kesib olamiz (o`qituvchi kesib ko`rsatadi). Qarang , doskadagi tog`ri chiziq oralig`i bilan baravar tasma kesib olinadi. Mana shu ikki tomoni chegaralangan to`g`ri chiziq kesma deyiladi. Chziqning bir qismini Shartta kesib olamiz. Endi “kesma’ bo`ldi deb, Sinfga jar solamiz. Kesmani chizg`ich bilan o`lchash mumkin.Ekranda paydo bo`lgan nuqta, to`g`ri chiziq, kesma, siniq chiziqlar o`quvchilarga o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi.Ekran orqali to`rtburchak chizish o`uvchilarga o`rgatiladi.O`quvchilar ekranda turli xil berilagan topshiriqlarni birma-bir bajaradilar. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 43-sahifasida berilgan 2-misol bajariladi. 2-misol o`quvchilar bilan doskada bajariladi. 4+2=6 8+2=10 6+2=8 4-3=1 9-5=4 2+1=3 2+3=5 5-4=1 3-masala rasmlar asosida og`zaki bajariladi. 3+4=7 4+3=7 4-misolda sonlar tarkibi to`ldiriladi. 10=9+1 7=4+3 9=6+3 5-masalada berilgan geometrik shakllar va ular hosil qilgan shakllar haqida suhbat uyushtiriladi. “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 42-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |