1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 10 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash. 2) O`quvchilarni tejamkorlikka, vaqtdan unumli foydalanishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni qo`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu mustahkamlanadi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. So`ng ko`rgazmalar orqali yangi mavzu tushuntiriladi.10 ning tarkibi eslatiladi.
Mavzuni turli xil geometrik shakllar orqali ham tushuntirish mumkin. 10-1=9 10-9=1 IV. Mustahkamlash. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 63-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 3+1+1=5 5-1-1=3 8-1-1=6 2+1+1=4 5+1+1=7 7-1-1=5 3-misol jadval asosida og`zaki yechiladi. 10=5+5 8=3+5 7=2+5 4-masala rasmlar asosida bajariladi. Vval og`zaki masala tuziladi, so`ng yechimi topiladi. Shu o`rinda o`quvchilarga o`quv qurollaridan to`g`ri foydalanish, ularni tejab ishlatish, isrof qilib tashlamaslik tushuntiriladi. Akbarda- 6 ta Olimda - ? , 2 ta kam. Yechish:
6-2=4 (ta) Javob: Olimda 4 ta plastilin bor. 5-masalada rasmlar asosida taqqoslash ishlari o`tkaziladi. 5>4 1<4 3>1 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 62-dars
4> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |