1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə185/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarni o`n ichida qo`shishn va ayirih yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, qo`shish va ayirishning o`zaro bog`liqligi haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish, jamoaviylik, mehnatsevarlikni, estetik didni shakllantirish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

“Qiziqarli hisob” o`yini oynatiladi.

4

6

10

9

3

7

1

8

5




2




Bunda 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ko`rsatilgan. Ikki o`quvchi muobaqalashadi. O`quvvhilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni to`g`ri va tartib bilan ko`rsatib o`qishlari kerak. Kim birinchi o`qib bersa shu o`quvchi g`olib bo`ladi.

O`tilgan mavzuni yangi mavzu bilan bog`lashmaqsadida 7,8,9,10 sonlarining tarkibi eslanadi va xotiraga mustahkamlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Elektron darslikdagi berilgan vazifaga asosan o`quvchilar bilan topshiriqlar bajariladi. Ayirish tushuntiriladi.

1-2-misollar o`qituvchi yordamida tushuntiriladi va doskada bajariladi.

3+5=8 8-5=3 8-3=5


6+2=8 8-6=2 9-2=7 7+2=9 3+4=7 7-3=4 7-2=5 2+5=7

3-misol og`zaki bajariladi.

So`ng AKT yordamida ishlanadi.

Ekranda mevalar ortiga misollar berkitilgan. Agar misollarni to`g`ri bajarsangiz , mevalarni tipratikan terib oladi.- topshirig`i beriladi..Keyin daraxtdagi olmalar tanlab olinadi va ularga oid misollar ekranda hosil bo`ladi. >isollar tog`ri bajarilsa , ol,alar tipratikan ustiga tushadi. Yana boshqatdan misollar beriladi va ular ham yuqoridagi tartibda bajariladi.

4-masala o`quvchilar bilan dokada bajariladi.

Karimada 3 ta , Sobirda undan 7 ta ortiq qalam bor. Sobirda nechta qalam bor? Masalaning qisqa sharti tuziladi va yechiladi.

3+7=10

Javob: Sobirda 10 ta qalam bor.



Jismoniy daqiqa sifatida ekran orqali “Ko`z mashqi” bajariladi. Bu mashqni o`quvchilar birgalikda o`tirgan joylarida bajaradilar.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan mavzu ga oid turli topshiriqlar bajariladi.Turli shakllar yordamida misollar bajartiriladi.

Test topshirig`ini ham bajartirsa bo`ladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi, o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

63-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin