1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə188/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarni o`n ichida qo`shishn va ayirih yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, qo`shish va ayirishning o`zaro bog`liqligi haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish, jamoaviylik, mehnatsevarlikni, estetik didni shakllantirish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Msutahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

“Qiziqarli hisob” o`yini oynatiladi.

4

6

10

9

3

7

1

8

5




2




Bunda 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ko`rsatilgan. Ikki o`quvchi muobaqalashadi. O`quvvhilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni to`g`ri va tartib bilan ko`rsatib o`qishlari kerak. Kim birinchi o`qib bersa shu o`quvchi g`olib bo`ladi.

O`tilgan mavzuni yangi mavzu bilan bog`lashmaqsadida 7,8,9,10 sonlarining tarkibi eslanadi va xotiraga mustahkamlanadi.

O`rganilgan mavzuni mustahkamlash.

O`rganilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash darsini o`tish u8chun darslikning 64-sahifasidagi misol va masallar bajariladi.

6-masala tushuntiriladi.

6+4=10 4+6=10 10-4=6 10-6=4 4<6 6>4


7-misol bajariladi va daftarlariga yoiziladi.

4+2=6 4+3=7 1+2=3

6-2=4 7-4=3 3-2=1

6-4=2 7-3=4 3-1=2

8-masalada o`quvchilar o`qituvchi hamkorligida og`zaki masala tuzadilar va yechimi topiladi.

Bog`da 4 ta lola va 6 ta gunafsha ochilgan. Bog`da jami nechta gul ochilgan.

4+6=10 10-4=6

Shu o`rinda o`quvchilarga gullarni sevishga ularni parvarish qilish haqidagi tushunchalarni kengaytiradi.

9-misol daftarda va doskada bajariladi.

5+4=9 6-3=3 4+6=10 3+3=6 9-4=5 5+2=7 5+5=10 8-7=2

10-masala geometrik shakllar yordamida tushuntiriladi va yechimi topiladi.

7+2=9 9-7=2 9-2=7

Jismoniy daqiqa o`tkaziladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi, o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

64-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin