1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə211/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) `quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,ayirishni tekshirish haqida tushuncha berish.

.2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

“Matematik diktant ” yozdiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar bilan ayirish hadlari eslatiladiva takrorlanadi.Yangi mavzu tushuntiriladi. Har doim ayirish amalining to`g`ri bajarilganini qo`shish amali bilan tekshirish kerakligi tushuntiriladi.

5-2=3 5 biln 2 ning ayirmasi 3 ga teng.

3+2=5 3 bilan 2 ning yig`indisi 5 ga teng

1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

8-3=5 9-5=4 7-3=4

5+3=8 4+5=9 4+3=7

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 74-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-masala rasm asosida masala tuziladi , yechimi topiladi ,song doskada va daftarda bajartiriladi.

Bor edi- 10 ta

Yeyildi - 2 ta

Qoldi- ? ta

Javob:10-2=8 ta olma qoldi.

Misol to`griligini qo`shish amali bilan tekshiramiz, ya`ni ayirmaga ayriluvchini qo`shamiz, kamayuvchi hosil bo`lsa misol to`gri bajarilgan bo`ladsi.

8+2=10 Demak, ayirish to`gri bajarilgan.

3-misoldoskada va daftarda bajariladi..

8-8=0 8+2=10 9-7 3+1=4 8-6=2 5-3=2 6+3=9 5-5=10

4-masala o`yin tarzida og`zaki bajartiriladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________


73-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin